Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:53

Shimoliy Kavkaz muftisi rossiyalik ayollarni xatna qilishga chaqirdi


Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Ismoil Berdiev.
Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Ismoil Berdiev.

Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Ismoil Berdiev rossiyalik barcha xotin-qizlarni xatna qilish tarafdori ekanligi to‘g‘risida bayonot berdi.

Bu haqda xabar qilgan Interfaks.ruga ko‘ra, muftiy chorshanba kuni agentlik muxbiriga bunday degan:

“Yer yuzida buzuqlik bo‘lmasligi, ayollarning hirsi ozayishi uchun ularning hammasini xatna qilish kerak”.

Bu so‘zlarni aytgan Ismoil Berdievga ko‘ra, Dog‘istonning ba’zi aholi punktlarida xotin-qizlarni xatna qilish amaliyoti qo‘llanilib kelmoqda.

Ayni paytda, Berdievning aytishicha, Islom dini ayollarni xatna qilishni buyurmagan.

“Lekin ayollarning seksual ishtahasini pasaytirish lozim. Agar bu amal barcha ayollarga nisbatan qilinsa, juda yaxshi bo‘lardi. Ayolni Xudo bola tug‘sin, uni tarbiyalasin, deb yaratgan. Xatnaning tug‘ishga hech qanday aloqasi yo‘q. Bundan ular tug‘mas bo‘lib qolmaydi. Buzuqlik esa, kamroq bo‘lgan bo‘lar edi”, degan Interfaks.ru muxbiriga muftiy.

Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Ismoil Berdievning chorshanba kungi bayonotidan oldin "Pravovaya initsiativa" Inson huquqlari jamg‘armasining rasmiy saytida Dog‘istonda qizlar xatna qilinishiga oid hisobot e’lon qilingan va bu publikatsiya jamoatchilik orasidagi bahs-munoazaralar ob’ektiga aylangan edi.

Hisobot mualliflari xatna qilingan ayollar va ekspert vrachlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarga tayanib, xatna qilingan xotin-qizlarning sezgilari o‘tmaslashishi, ularning seksual mayli pasayishi to‘g‘risida yozgan.

"Pravovaya initsiativa" Inson huquqlari jamg‘armasiga ko‘ra, qizlarni xatna qilish amaliyoti Dog‘istonning 4 tumanidagi tog‘li qishloqlarda mavjud. Aytilishicha, qizlar, asosan, yoshi 3 gacha bo‘lgan paytda, ba’zi holatlarda esa, 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar xatna qilinadi.

Hisobotda aytilishicha, xatna qilish ashaddiy kamsitish va ashaddiy zo‘ravonlik bo‘lib, qizlar va ayollar huquqlarining xalqaro darajada buzilishidir.

Xatna qilish amaliyoti aksariyat holatlarda maxfiy o‘tkaziladi va amaliyotdan so‘ng qizlarning xatna qilingan joyi gazaklab ketadi, ular ko‘p qon yo‘qotadi.

Xatna qilingan ayollar o‘z boshidan kechirgan og‘riq azobi va stressni bir umr esidan chiqarmaydi, ko‘pchilik hatto bu amaliyot nima uchun qilinganini ham tushunmaydi, deyiladi hisobotda.

XS
SM
MD
LG