Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 06:54

O‘zbekiston telekanallari Islom Karimovni bayram kuni deyarli tilga olmadi


O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2 sentabrda tarqatgan xabarida miyasiga qon quyilgan prezident Karimovning ahvoli og‘ir ekani aytiladi.

Bu xabar "O‘zbekiston" telekanalida o‘qib eshittirildi va mamlakatadgi barcha yetakchi gazetalarda hech qanday qo‘shimcha sharh yoki izohsiz nashr etildi.

Ushbu xabar hisobga olinmaganda O‘zbekiston matbuoti, ayniqsa telekanallari odatdagiday faoliyat ko‘rsatmoqda.

1 sentabr aksar telekanallarda asosan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar namoyish qilindi.

Biroq, Ozodlik mobil muxbirlariga ko‘ra, o‘tgan yillardan farqli, bayram hashamati va shukuhi ko‘zga tashlanmasdi.

O‘zbekistondagi asosiy telekanallar - UzTV1 va UzTV2 har yil 1 sentyabrda bo‘lgani singari Islom Karimovga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarni namoyish etmadi.

MY5 kanali esa asosan yosh artistlar, qo‘shiqchilar va aktyorlar ishtirokidagi ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni namoyish qildi.

UZHD telekanali esa asosiy efir vaqtini O‘zbekistonning iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan "Chorak asr shiddati" nomli ko‘rsatuvga ajratdi.

Ushbu ko‘rsatuvda xorijiy va mahalliy ishbilarmonlar, fermerlar, oddiy odamlar va oqsoqollar fikrlari o‘rin olgandi.

Toshkent TV esa Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan "ulkan obodonchilik va qurilish loyihalar" haqidagit dasturlarni yoyinladi.

Navo musiqiy telekanali esa asosan "Jonim senga fido" rukni ostida vatanparvarlik qo‘shiqlari bilan to‘ldirilgandi.

Kinoteatr kinokanalida kun bo‘yi o‘zbek badiiy filmlari ko‘rsatildi.

Mahalla, Madaniyat va Ma’rifat, Diyor kabi boshqa telekanallar ham har kungi ko‘rsatuvlarni namoyish etdi.

Boshqa kunlardan farqli barcha telekanallar ekrani chetiga “25 yil” degan yozuv bitilgandi.

Lekin ularning birortasi Islom Karimov haqida lom-mim demadi.

XS
SM
MD
LG