Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:17

Mirziyoev Sirg‘alidagi baraklar o‘rniga yangi ko‘pqavatli uylar qurishga va’da berdi


Sirg‘alidagi baraklardan biri.
Sirg‘alidagi baraklardan biri.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Toshkentning Sirg‘ali tumani, Sputnik dahasida joylashgan barak uylar o‘rniga ko‘p qavatli turar-joy binolari qurishga va’da berdi.

Shavkat Mirziyoevning bu va’dasi 25 avgustda tumandagi Sputnik-2 dahasi aholisi bilan uchrashuvi chog‘ida yangradi.

“Arzonlashtirilgan ipoteka”

Sirg‘ali hokimiyati mulozimining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Sputnik-2 dahasiga borgan Shavkat Mirziyoev dastlab ayni dahaning 25- uy, 1- xonadoni egasi bilan suhbatlashgan.

25- dom, 1- xonadonga o‘zlari kirdilar. Bu uylar ziziladan keyin qurilgan 2 etajli, “derevyashka” uylar. U yerda yashaydigan oilaning shart-sharoitlari bilan qiziqdilar. Agar to‘g‘ri kelsa, yangi kvartira olishingiz uchun arzonlashtirilgan ipoteka bilan yordam qilaman, dedilar. Bundan yaxshiroq uy qurib berishga va’da qildilar,” dedi Sirg'ali hokimiyati mulozimi.

Mazkur uchrashuvdan chiqqach, Shavkat Mirziyoev Sputnik-2 dahasida yashaydiganlardan birining aytishicha, ayni dahada istiqomat qiluvchilar bilan “qisqa” suhbatlashgan.

Oyoqda turib mahalladagi odamlar bilan qisqa gaplashdi. Hash-pash deguncha gaplashmoqchi bo‘lganlar ko‘payib ketib, Mirziyoevni o‘rab olishdi. Mirziyoev baraklar o‘rniga yangi domlar qurib berilishini aytdi,” dedi Ozodlik suhbatlashganlardan biri.

So‘ngra Toshkent shahar hokimligi vakillari, mutaxassislar va faollar bilan yig‘ilish o‘tkazgan Shavkat Mirziyoev 2017-2022 yillarda poytaxt uchun muhim bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish zaruratiga to‘xtalgan.

Ushbu rejaga muvofiq, kelgusi yildan boshlab besh yil ichida Sir-ali tumanida 500 ta ko‘p kvartirali turar-joy qurilishi lozim.

Ayni reja amalga oshsa, tumanda 30 ming aholini yangi kvartiralar bilan ta’minlash mumkin.

Sputnik dahasidagi taxtadan qurilgan, ikki qavatli barak uylar aholiga 1966 yilda Toshkentda yuz bergan zilzila ortidan vaqtinchalik turar-joy sifatida ikki oy ichida qurib berilgandi.

Besh yil ichida barak uylar buzib tashlanib, ular o‘rniga yangi turar-joylar qurilishi kerak edi.

Ammo, oradan yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan esa-da, ushbu baraklarda yuzlab oila hamon istiqomat qilmoqda.

OZOD-VIDEO: Тошкентнинг Спутник даҳаси зилзиладан ярим аср ўтиб
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:23 0:00

Shavkat Mirziyoev va Toshkent hokimligi rahbarlari va faollar uchrashuvida, shuningdek, Toshkentning barcha tumanlarida yangi ko‘ngilochar parklar barpo etish, yashil hududlarni kengaytirish hamda Olmazor-Sirg‘ali er usti metrosini loyihalash ishlarini tezlashtirish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston hukumati Olmazor metro stantsiyasidan Sirg‘ali mavzesigacha uzunligi 6,5 kilometrni tashkil etuvchi metro liniyasi qurishni rejalashtirib keladi.

Ushbu liniyani qurish 2030 yilgacha mo‘ljallangan davlat loyihasiga kiritilgan.

Mazkur loyihada “Toshkent” xalqaro aeroportini shahar tashqarisiga chiqarish, ya’ni Toshkentdan 45 km janubga, Jizzax tomonga chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, poytaxt maydonini 41,8 ming gektargacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu tarzda shahar hududi Qibray, O‘rtachirchiq va Zangiota tumanlari yerlari hisobiga 8,63 ming gektarga ko‘payadi.

XS
SM
MD
LG