Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:52

Surxondaryoda bir kunda besh tuman hokimi ishdan olindi


Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Eshdavlat Jo‘raev.
Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Eshdavlat Jo‘raev.

24 sentabr kuni Surxondarë viloyatiga borgan O‘zbekiston prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar bo‘yicha Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuhammedov janubiy viloyatning beshta tumani hokimini ishdan oldi. Hozircha bu kadr o‘zgarishlari haqida rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Ozodlikka Surxondaryo viloyati hokimligiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha¸ 24 sentabr kuni viloyatga kelgan Davron Nazarmuhammedov Bosh vazir va muvaqqat prezident topshirig‘i bilan besh tuman hokimini vazifasidan bo‘shatgan.

“Qiziriq tumaniga Baxtiyor Ibodovni qo‘ydi. Muzrabot tumaniga Ulug‘bek Qosimov¸ Oltinsoyga Erkin Boyniyozov¸ Sariosiyoga Asqarali Jo‘raev va Sherobodga Abdulhakim Eshmurodovni hokim qildi”¸ deydi viloyat hokimligidagi Ozodlik manbasi.

Bir viloyatda bir kunda beshta hokimning ishdan olingani haqida biror rasmiy xabar tarqatilmagan bo‘lsa-da¸ hokimi yangilangan tumanlar rasmiy saytida yangi hokimlar nomi qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Qiziriq tumanidagi fermerlardan biriga ko‘ra¸avvalgi hokim Olim Alimardonovni 24 sentabr kuni “uchta qora jipda Toshkentdan kelganlar” ishdan olib¸ o‘rniga Baxtiyor Ibodovni maqtovlar bilan tayinlab ketishgan.

“Baxtiyor komitetdan chiqqan ekan¸ yaxshi¸ ishchan bola deyishdi. Bir o‘zgarish qilar¸ deb o‘tiribmiz. Lekin hafsalamiz pir bo‘lgani¸ ishdan olinganidan ikki kun o‘tib¸ viloyat hokimi o‘rinbosari selektor majlisiga eski hokim Alimardonovni etaklab keldi. “Sizlarni tashlab ketolmadim¸ bundan buyog‘iga g‘alla bo‘yicha viloyat hokimining Qiziriqdagi kuratori bo‘lib¸ yana sizlar bilan birga ishlayman”¸ dedi Alimardonov. Tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushdi bu gapni eshitib”¸ deydi qiziriqlik fermer.

Qiziriqlik boshqa tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda tumanga yetti yil hokimlik qilib¸ barcha sohada uni “ortga tortgan” Olim Alimardonovning ishdan olinganidan xursand ekanini bildirdi.

“Alimardonov hokim bo‘lgandan beri Qiziriq biror marta na paxta¸ na g‘alla planini bajardi. To‘lig‘icha gazlashtirilgan Qiziriqni shu odam to‘liq gazdan uzib tashladi¸ hozir tezak to‘plab¸ qishda tezak va ko‘mir bilan jon saqlayapmiz. Yo‘llarni kengaytiraman¸ deb magistral gaz quvurlarini kesib tashladi – endi na gaz bor¸ na yo‘l kengaydi. Xalq vodoprovod nimaligini esdan chiqaraëzdi – zovurdan suv ichayapmiz. Hamma yerni xususiy tomorqa qilib sotib yubordi – bolalar o‘ynaydigan joy qolmadi tumanda. Shu odam hokimlikdan ketganini eshitib¸ ko‘pchilik xursand. Yangi hokim xalqni o‘ylar¸ deb o‘tiribmiz”¸ deydi qiziriqlik tadbirkor.

Hozircha ishdan olingan boshqa to‘rt tuman hokimining keyingi taqdiriga oid tafsilotlar ma’lum emas.

Bu ma’lumotlardan xabardor bo‘lsangiz¸ Ozodlikka yo‘llashni unutmang.

XS
SM
MD
LG