Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:20

AQSh Kongressi prezident vetosini bekor qildi


AQSh Kongressi 2001 yil 11 sentabr teraktlari munosabati bilan sudga, jumladan Saudiya Arabistoni ustidan da’vo bilan murojaat qilish huquqini beruvchi qonun loyihasi ustidan prezident Barak Obama qo‘ygan vetoni bekor qildi.

Vakillar palatasida vetoni bekor qilishni qo‘llab 348 kongressmen ovoz bergan, qarshilar – 77. Senatda buni qo‘llaganlar soni 97 va atigi bir senator qarshi bo‘lgan. Endi qonun loyihasi kuchga kirishi kerak.

23 sentabrda Amerika prezidenti Barak Obama Kongress tomonidan qabul qilingan, 2001 yil 11 sentabrda AQShdagi teraktlarda jabrlanganlarning qarindoshlariga xorijiy fuqarolar va hukumatlarni, jumladan Saudiya Arabistonini, sudga tortish huquqini beruvchi qonun loyihasiga veto qo‘ygan edi. Teraktlarda ishtirok etganlarning 19 nafaridan 15 nafari shu mamlakat fuqarolari bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni va uning ittifoqdoshlari ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Riyod-Vashington munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi, Amerika iqtisodidan milliardlab dollarlar qaytarib olinishi, Fors ko‘rfazi mamlakatlarining kontr-terroristik amaliyotlarda ishtirok etishini qisqarishi, AQSh ning mintaqadagi muhim ob’ektlarda bo‘lishiga ruxsatning yo‘qolishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkiniligi haqida ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG