Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 05:21

Hillari Klinton: Men Amerikaga ishonchimda sobitman


Hillari Klinton mag‘lubiyatini ko‘plab amerikaliklar afsus bilan qabul qildi.
Hillari Klinton mag‘lubiyatini ko‘plab amerikaliklar afsus bilan qabul qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama 10 noyabr kuni saylangan prezident Donald Tramp bilan hokimiyatni topshirish masalasida maslahatlashuv o‘tkazadi. AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Hillari Klinton saylovda mag‘lubiyatga uchraganidan afsus bildirdi va saylangan prezident Donald Tramp bilan mamlakat manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Barak Obama bugun Donald Tramp bilan uchrashadi

Barak Obama 9 noyabr kuni AQSh prezidenti lavozimiga saylangan Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. U prezidentlik saylovlari natijalari yuzasidan so‘zlagan nutqida, jumladan, mana bularni aytdi:

-Men saylangan prezident Donald Tramp bilan o‘tgan kechasi tahminan soat uch yarimlarda suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Uni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladim va uni ertaga (10 noyabr kuni) prezidentlikni muvaffaqiyatli ravishda topshirish masalasida suhbatlashish uchun taklif qilish imkoniyatidan foydalandim, -dedi Barak Obama.

Barak Obama saylovoldi jarayonida bir necha marta Donald Tramp haqida gapirar ekan: “U prezident bo‘lishga munosib emas", deb bildirgan edi.

Obama o‘z so‘zida davom etar ekan: “Biz birinchi navbatda demokrat yoki respublikachi emas, balki amerikalikmiz. Men bu gapni kecha Trampdan eshitdim”, deb bildirdi.

Obama saylovda mag‘lubiyatga uchragan Hillari Klinton bilan faxrlanishini, u siyosatning eng yuqori cho‘qqilarini zab etganini va turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Bill Klinton bilan amerikaliklar hayotining farovonlashuviga ulkan hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Klinton: Yangi prezidentga oqilona munosabatda bo‘lish majburiyatiga egamiz

AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Hillari Klinton saylovda mag‘lubiyatga uchraganidan afsus bildirdi va saylangan prezident Donald Tramp bilan mamlakat manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi:

- Biz Amerika jamiyatidagi bo‘linish o‘ylaganimizdan ham teranroq ekaniga guvoh bo‘ldik. Lekin men Amerikaga hali ham ishonaman va ishonishda davom etaman. Biz bu natijani qabul qilishimiz va shundan so‘ng kelajakka intilishimiz zarur, – dedi Klinton.

Unga ko‘ra, “bundan ham kuchliroq va adolatli Amerikani” qurishda ishtirok etish uning vatandoshlik burchidir.

Nyu-Yorkda qilgan chiqishi chog‘ida Klinton o‘z safdoshlariga saylov jarayonida qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi va yangi prezidentni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi:

- Donald Tramp bizning prezidentimiz bo‘lishga hozirlanmoqda. Biz unga oqilona munosabatda bo‘lishga va xalqni boshqarishiga imkoniyat yaratish majburiyatiga egamiz, - dedi Hillari Klinton.

Saylov kuniga qadar o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda Hillari Klinton o‘z raqibidan 4 foiz oldinda borayotgani, saylovchilarning 45 foizi Klintonga, 41 foizi Tramga ovoz berishi mumkinligi tahmin qilingan edi.

Tramp: Amerika xalqi uchun bo‘linish yaralariga malham surtish payti etib keldi

Amerikaliklar 8 noyabr kuni AQShning 45-prezidentini saylash uchun ovoz berdi. AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan Hillari Klinton, Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp da’vogarlik qildi. Saylovda Donald Tramp g‘alaba qozondi va Amerikaning 45-prezidenti etib saylandi.

Donald Tramp o‘z g‘alabasi e’lon qilinganidan so‘ng so‘zlagan nutqida AQSh xalqini birdamlikka chaqirdi:

- Endi Amerika xalqi uchun bo‘linish yaralariga malham surtish payti yetib keldi. Respublikachilar ham, demokratlar ham, mustaqillar ham, ya’ni jamiyatimizning barcha qatlami birdam bo‘lishi kerak. Men aytmoqchimanki, yagona millat sifatida birlashadigan vaqtimiz yetib keldi. Bu zaminda yashayotgan har bir odamga va’da beramanki, men barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman, bu esa men uchun juda muhimdir, -deb bildirdi Donald Tramp.

XS
SM
MD
LG