Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:15

Turkiyada “o‘zini portlatmoqchi” bo‘lgan o‘zbek qo‘lga olindi


Turkiyada "Islomiy davlat" ekstremist guruhining a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi.

"Hurriyat" gazetasining xabar berishicha, ular Istanbul shahrida o‘zlarini portlatishga tayyorlanganlikda ayblanib hibsga olinganlar.

Istanbuldagi seshanba kuni anti-terror amaliyotda jami 36 kishi qo‘lga olingan.

Bunyod ismi ostida amal qilgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Azizjon Bekraev, hamda Zubayr ismi bilan amal qilgan 26 yoshli tojikistonlik Navro‘z Qosimovlar Suriyadagi jang maydonlarida bomba tayyorlashni o‘rganganlari va Istanbulda suiqasd hujumini amalga oshirishga shaylanganlari gumon qilinmoqda.

Suriya va Iroqdagi "Islomiy davlat" safida bir necha yuz o‘zbekistonlik borligi aytiladi. Ularning aksari Turkiya orqali Suriya va Iroqqa o‘tishgan.

Shu yilning iyun oyida Istanbuldagi Otaturk aeroportida sodir etilgan suiqasd hujumlari ortida bir o‘zbekistonlik ham borligi aytilgan, ammo keyinroq bu ma’lumot isbotlanmagandi.

Turkiya janubidagi G‘oziantep shahri politsiyasiga ko‘ra joriy yilning 23 mart kuni “Islomiy davlat” jihodiy guruhi safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga o‘tishga uringan besh shaxs qo‘lga olingan.

Turk matbuotining ëzishicha¸ qo‘lga olinganlar Rossiya¸ Tojikiston¸ Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolaridir.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rasmiylari 2015 yil oxirida Suriya va Iroqdagi jihodchilar safida 2400 ga yaqin Rossiya fuqarosi¸ 5000 ga yaqin markaziy osiyolik jang qilayotganini e’lon qilgan edi.

Turkiya politsiyasi hozirga qadar bir necha marta Suriyadagi jihodchilar safiga ketayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani¸ qolaversa¸ IShIDga odam yollash bilan shug‘ullanayotganlarga qarshi reydlar o‘tkazilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Xususan¸ 2015 yil oktabr oyida Istanbul maxsus xizmatlari IShIDga jangari tayyorlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlanaëtgan madrasada 53 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosini qo‘lga olgan edi.

Turk matbuotiga ko‘ra¸ ushlanganlarning 24 nafari IShID safiga qo‘shilishga tayyorlanayotgan voyaga yetmagan bolalar bo‘lib chiqqan.

XS
SM
MD
LG