Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 04:53

Ijtimoiy tarmoqlarda "Beeline"ning "KetmonGo" xizmati tanqid ostiga tushdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Potrebitel plyus. Postim vsyo, chto zapreshcheno v gruppe Potrebitel.uz" guruhida O‘zbekistonda ish yuritayotgan Beeline mobil operatorining "KetmonGo"deb nomlangan xizmati keng tarzda muhokama qilinmoqda.

Beeline O‘zbekiston mobil operatori o‘z mijozlariga "KetmonGo" xizmatini taqdim qilar ekan, ushbu xizmatdan foydalanish uchun maxsus o‘yin ilovasini yuklab olish lozimligini SMS orqali bildirdi.

Beeline O‘zbekiston shirkati rasmiy saytidagi e’londa yozilishicha¸ "KetmonGo" o‘yin ilovasida 2016 yilning 5 dekabridan 29 dekabiriga qadar eng ko‘p ketmon yiqqan mijoz iPhone 7 smartfonini yutib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, ketmonlar mavzusiga taluqli "Uchar ketmon" deb nomlangan yana bir mobil o‘yin ilovasi 2014 yilda App Store O‘zbekiston mobil bozorida yuklash soni bo‘yicha uzoq vaqt mobaynida 1-o‘rinni egallab turgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib o‘tayotgan qizg‘in muhokamalarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar ushbu xizmatni bo‘lib o‘tgan prezidentlik sayloviga bog‘lar ekan va shu tufayli “axloqqa zid” deb tez-tez tanqid qilmoqda.

XS
SM
MD
LG