Линклар

Шошилинч хабар
26 июн 2022, Тошкент вақти: 09:56

O‘zbekistonning sobiq 1- rahbari Inomjon Usmonxo‘jaev reabilitatsiya qilindi


Inomjon Usmonxo‘jaev.

1983-88 yillarda O‘zbekistonni boshqarib¸ so‘ngra “paxta ishi” bo‘yicha qamalib chiqqan Inomjon Usmonxo‘jaev ustidan SSSR Oliy sudi 1989 yilda chiqargan hukm¸ 18 noyabr kuni O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan bekor qilingani Ozodlikka bugun ma’lum bo‘ldi. Ozodlik bilan suhbatda 86 yashar Usmonxo‘jaev¸ bu qarorni 25 yil kutganini aytib¸ nihoyat adolat qaror topganidan mamnunlik bildirdi.

O‘zbek sudi SSSR sudi hukmini 27 yil o‘tib¸ bekor qildi

O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 18 noyabr kungi qarori bilan hozirda 86 yoshda bo‘lgan Inomjon Usmonxo‘jaev ustidan sovetlar mahkamasi chiqargan hukm ham¸ unga nisbatan ochilgan jinoiy ish ham bekor qilindi.

O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 18 noyabrь kungi qarori nusxasi.
O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 18 noyabrь kungi qarori nusxasi.

Nusxasi Ozodlikka etib kelgan bu qarorda¸ “sobiq SSSR Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining 1989 yil 27 dekabrdagi Sizga oid hukmi bekor qilinib¸ jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeskining 83-moddasi 1-bandiga asosan tugatilgani ma’lum qilinadi”¸ deb yozilgan va unga Oliy sud raisi o‘rinbosari R. Obidov imzo qo‘ygan.

Tarixning qorong‘u sahifasi ëpildi

Ozodlik bilan suhbatda 86 yashar Inomjon ota¸ O‘zbekiston Oliy sudi qarorini 25 yil kechikkan adolat tantanasi sifatida baholadi:

- Bu kunni 25 yil kutdim. Nega buncha cho‘zilganini o‘tgan boshliqlarning o‘zlari biladi. Bu nafaqat men uchun¸ balki “o‘zbek ishi” bo‘yicha adolatning qaror topishi. O‘zi bu ish o‘ta yomon va xato ish bo‘lgan. Bunday qaror uchun bugungi rahbarlarga minnatdorchilik bildiraman¸ dedi Ozodlik bilan suhbatda Inomjon Usmonxo‘jaev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:36 0:00
Бевосита линк

1983 yilning 3 noyabridan 1988 yilning 12 yanvarigacha O‘zbekiston SSR Kompartiyasi birinchi kotibi sifatida ishlab, 1988 yil oktabrida “paxta ishi” bo‘yicha qamalgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 1990 yili ozodlikka chiqarilgan edi.

Usmonxo‘jaevni oqlash nega buncha uzoqqa cho‘zildi?

“O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan so‘ng Inomjon Usmonxo‘jaev Odilovlar ham O‘zbekistonga olib kelinib¸ jazodan ozod etilgan edi, lekin oqlanmagan, reabilitatsiya qilinmagan”¸ deb eslaydi farg‘onalik huquq faoli Abdusalom Ergashev:

- “Paxta ishi” bo‘yicha qamalganlarning ko‘pchiligi mustaqillikdan keyin oqlandiyu¸ negadir Inomjon aka reabilitatsiya bo‘lmadi. Buning sirini endi Karimov o‘zi bilan qabrga olib ketdi. Inomjon aka bilan suhbatlarda buning sababini surishtirganman. “Siz 1-kotib bo‘lib ishlaganingizda¸ Karimovga biror yomonlik qilganmidingiz”¸ deb hazillashib ham so‘rab ko‘rganman. U kishi: “Aksincha¸ unga yaxshilik qilganman. Uni shaxsiy mas’uliyatni bo‘ynimga olib¸ Gorbachyovga tavsiya qilmaganimda Qashqadaryoga obkom kotibi bo‘lmasdi”¸ deb gapirgan u kishi¸ deydi Abdusalom Ergashev.

Paxta ishi

70- yillar oxiridan boshlab, iqtisodiy va korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan O‘zbekiston SSRda olib borilgan “paxta ishi”¸ “o‘zbeklar ishi” nomini olgan jinoiy ishlar doirasida Moskvadan kelgan tergovchi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov tomonidan 800 dan oshiq jinoyat ishi ochilgan, ular bo‘yicha mamlakat 1-rahbari Usmonxo‘jaevdan tortib¸ paxta zavodlari direktorlariyu brigadirlarga qadar jami 4000 dan ortiq odam turli muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Ammo 1989 yili SSSR Xalq deputatlar 1-s’ezdi kunlarida Gdlyanning tergov usullari jiddiy tanqid ostiga olinib, O‘zbekistonda tergov olib borishda qonun buzilishi yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. 1990 yilda KPSS safidan chiqarilgan Gdlyan bosh prokuraturadan haydalgan edi. 90 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “o‘zbek ishi” bo‘yicha respublika hududida jazo muddati o‘tayotganlarning hammasini jazodan ozod qilgan edi.

1991 yilgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ O‘zbekiston mustaqil bo‘lishi arafasida O‘zbekiston sovet sotsialistik jumhuriyati Oliy sudi prezidiumi tomonidan “paxta ishi” bo‘yicha jinoiy jazoga tortilganlar ishi qayta ko‘rib chiqilib¸ 1207 sudlanuvchi oqlangan.

Usmonxo‘jaev davriga Karimov davri bahosi

Jazodan ozod qilinganidan so‘ng bir muddat Farg‘onadagi un kombinatlaridan birida ishlagan Inomjon Usmonxo‘jaev nomi O‘zbekiston yaqin tarixi haqidada gap ketganda 25 yil davomida chetlab o‘tildi.

O‘zbekiston tarixiga oid internet nashrlarida Usmonxo‘jaev rahbarlik qilgan yillarga oid hozirga qadar jamoatchilikka qisqa tanqidiy mavjud ma’lumotgina taqdim etib kelinmoqda.

Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jaev (1930 yilda tug‘ilgan)

Partiya arbobi. O‘rta Osiyo politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgan (1955). Marg‘ilon shahri bosh me’mori (1959), Farg‘ona viloyati partiya komiteti instruktori (1960), Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i (1961), Farg‘ona shahri ijroiya qo‘mitasi raisi (1962-64), Sirdaryo viloyati partiya komiteti kotibi (1965-69), KPSS MK instruktori (1969-72), Namangan viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi (1972-74), Andijon viloyati partiya komiteti 1-kotibi (1974-78), O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1978-83). O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1983-88).

I. Usmonxo‘jaev respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qat’iyatsizligi va jur’atsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984-88-yillarda O‘zbekistonning ko‘plab xo‘jalik va partiya arboblarini “paxta ishi” va “o‘zbeklar ishi” degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatag‘on qilinishiga, xalqning milliy g‘ururi va qadriyatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yib berdi”¸ degan siyosiy baho ayni kunlarda ham o‘zbek internet nashrlarida ko‘chirib bosilmoqda.

XS
SM
MD
LG