Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:00

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi otib o‘ldirildi (VIDEO)


Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib o‘ldirildi. 62 yashar Karpovning art gallereyada chiqish qilayotgan payti, qurolli shaxs uning ortidan otib tashlandi.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, elchini otib tashlagan va yana bir necha kishini yaralagan shaxs Turkiya politsiyasining sobiq zobitidir.

Qurolli shaxs art gallereyada Rossiya elchisi nutq so‘zlayotgan paytda uning orqasidan kelib, o‘q uzgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, shifoxonaga olib ketilan rus diplomati ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Россиянинг Туркиядаги элчиси отиб ўлдирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:45 0:00

Rossiya televideniesining xabar berishicha, hujumga uchragan payti Andrey Karlov "Rossiya turklar nigohida" nomli art gallereyada chiqish qilayotgan bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya elchisiga bir nechta o‘q uzilgan.

Rossiyaning NTV kanali xabar berishicha, hujumda yana uch kishi yaralangan va turk politsiyasi hujumchini hodisa joyining o‘zida otib o‘ldirgan.

Hodisadan ko‘p o‘tmay internetda tarqalgan videoda bir qo‘lida to‘pponcha tutgan, ikkinchi qo‘lini esa yuqori tutgan, qora shim-kastyumli erakakni ko‘rish mumkin.

"Alloh Akbar! Biz (Payg‘ambar) Muhammadga jihodni va’da qilganlardanmiz. Alloh Akbar! Bu Halab uchun . Bu Suriya uchun," deydi qurolli shaxs arab tilida.

"Siz bizning hududdagi barcha qilmishlaringizga javob berasiz," deya davom ettiradi hujumchi turk tilida.

"Biz tinch emas ekanmiz, siz ham tinch bo‘lmaysiz... Bu yerdan mening faqat o‘ligim chiqadi," deydi u.

Hujumchi, shuningdek, "Halabni unutma, Suriyani unutma", "Alloh Akbar", deya hayqiradi.

Hujum Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlarining Moskvada uchrashuvidan bir kun oldin yuz berdi.

20 avgustda Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari Suriyada borayotgan urushni muhokama etishi kutilmoqda.

Rossiyada 2015 yil sentyabrь oyidan buyon Suriya hududlarida prezident Asad kuchlariga muxolifatda bo‘lgan guruhlarga qarshi havo amaliyotlarini o‘tkazib kelmoqda.

Rossiya bilan yaqin aloqalarga ega Eron ham Asadni qo‘llab quvvatlamoqda, ammo Turkiya Asad muxoliflarini dastakladi.

XS
SM
MD
LG