Линклар

Шошилинч хабар
26 июн 2022, Тошкент вақти: 19:54

Mirziyoev 17 yil oldin qabul qilinmagan korrupsiyaga qarshi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 yanvarda imzolagan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun 4 yanvarda rasmiy matbuotda e’lon qilindi va shu kuni kuchga kirdi.

Qonunning 1- moddasida aytilishicha, uni qabul qilishdan maqsad“korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir”.

Masala tarixidan xabardor tahlilchilar fikricha, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston parlamentda 2000 yili birinchi o‘qishdan o‘tiboq, unutilgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan, prezident Mirziyoev 3 yanvarda imzolagan qonun 6 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.

Korrupsiya nima?

Qonunda “korruptsiya” tushunchasi quyidagicha izohlangan:

“Korruptsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari, bu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash vazifasi qaysi idoralarga yuklatildi?

Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti – bular, qonunga binoan, korrupsiyaga qarshi kurashni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlaridir va hujjatda har bir idoraning vakolatlari belgilab qo‘yilgan.

Qonunda, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning hamda ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirok etishi tartibi belgilab qo‘yilgan.

Huquqiy ong va madaniyat – kurash garovi

Hujjatning alohida bir bobi “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish”, deb atalgan bo‘lib, undagi moddalardan biri “Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish”, deb ataladi.

Pora taklif qildimi? Ayt!

Qonun davlat organlari xodimlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyatini yuklaydi. Bu masalani qamragan 26- moddada bunday deyilgan:

“Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart”.

Korrupsiya to‘g‘risida xabar qilgan shaxs davlat himoyasida bo‘ladi

Qonunning 28-moddasida esa, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish nazarda tutilgan bo‘lib, unda mana bunday deyilgan:

“Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning qoidalari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi”.

2000 yilda qabul qilinmay, qolib ketgan qonun

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston televideniesi siyosiy sharhlovchisi Tursun Qoratoev aytib berdi.

- 2000 yoki, 2001 yilda xuddi shunday qonun Oliy Majlisda birinchi o‘qishdan o‘tgan, lekin ikkinchi o‘qishga olib chiqilmay qolib ketgan edi. Unda, masalan, xarid uchun sarflanadigan pulning minimal miqdori belgilab qo‘yilgan, ana o‘sha me’yordan oshsa, xarid, masalan, uy-joy xaridi to‘g‘risida notarius kerakli organlarga xabar berishi lozim edi. Lekin qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga olib chiqilmadi va qolib ketdi. Agar o‘shanda qonun qabul qilinganida edi, mamlakat bugungi ahvolga tushmagan bo‘lardi, dedi Tursun Qoratoev.

Сиёсий шарҳловчи Турсун Қоратоев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:47 0:00
Бевосита линк

Qonun korrupsiyaga barham bera oladimi?

Ozodlikning bu savoliga javob berarkan, o‘zbekistonlik huquqshunos Ruhiddin Komilov masalaga falsafiy yondoshdi:

- Qonun korruptsiyani nisbatan cheklashi mumkin. Nisbatan. U korrupsiyaga mutlaq barham bera olmaydi. Nisbatan progressga erishish mumkin.

Ҳуқуқшунос Руҳиддин Комилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:47 0:00
Бевосита линк

“Transparency International” va O‘zbekiston

Dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya muammolarini o‘rganadigan “Transparency International” nodavlat tashkiloti 1995 yildan buyon yillik hisobotlarini e’lon qilib keladi.

Hisobotlarda dunyo davlatlaridagi korrupsiya darajasi baholanadi.

Skandinaviya davlatlari tashkilot har yili tuzadigan ro‘yxatning boshida - korruptsiya darajasi eng past davlatlar safida keltiriladi. O‘zbekiston esa, har yili korrupsiya chuqur tomir otgan davlatlar safidan o‘rin olmoqda.

O‘zbekistonda korrupsiya muammosining jiddiy ekanligi, korruptsiya hatto litseylar darajasigacha tushgani Shavkat Mirziyoev virtual qabulxonaga kelayotgan shikoyatlardan ham bilinib qoldi.

Tursun Qoratoev: O‘zbekistonda korrupsiya darajasi 10 ball

O‘zbekiston televideniesi siyosiy sharhlovchisi Tursun Qoratoev Ozodlik bilan suhbatda mamlakatdagi korrupsiya darajasini 10 ballik shkala bo‘yicha 10 ball, deb baholadi:

- Bemalol 10 ball bilan baholagan bo‘lardim. Bu – xalqning ko‘ziga shundoq ko‘rinib turgan narsa.

XS
SM
MD
LG