Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:54

Mirziyoev Karimovning qarorini o‘zgartirdi, o‘rinbosarlarga boshqa vazifa topshirdi


O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarida hokimning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vazirlar Mahkamasining 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida ma’lum qildi.

Bu haqdagi qarorni Prezident 2016 yil 22 dekabrda imzolagani to‘g‘risida mahalliy nashrlar xabar qildi.

Shunday qilib, Shavkat Mirziyoev o‘z qarori bilan Islom Karimovning o‘tgan yilgi qarorini bekor qildi.

Islom Karimov 2016 yil, 24 fevralda imzolagan qarori bilan ta’sis etilgan hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan mulozim ma’muriy masalalar, huquq-tartibot, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanishi lozim edi.

Endilikda, ya’ni yangi Prezidentning qarori bilan barcha viloyat, shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

Shavkat Mirziyoev o‘z qarorini qabul qilishda “hokimliklarning tuzilmasini ishlab chiqishda to‘plangan tajriba hamda bir qator viloyatlar hokimlarining takliflari”ni hisobga olganini aytdi.

Prezident, shuningdek, chegaraga yaqin 80 ta tumanda hokimning maxsus yordamchisi lavozimi kiritilgani, jami 739 ta qo‘shimcha shtat tashkil etilganini xabar qildi.

Hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari nima bilan shug‘ullanishlarini mamlakat rahbari o‘z nutqida aniq-tiniq aytdi: ular iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi. Bundan birinchi o‘rinbosar tadbirkorning himoyachisi, degan mantiq kelib chiqadi.

Xo‘sh, yangi o‘rinbosarlar tadbirkorni himoya qila oladimi? Agar andijonlik tadbirkor Rafiq Isroilovning ko‘rgiliklari eslansa, hozircha bu savolga “Ha”, deb javob berish mushkul.

Birinchi o‘rinbosarlar zimmasiga ortilgan yana bir yuk

Aftidan hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari aholini ish bilan ta’minlash masalasini ham shaxsan nazorat qiladi.

Mirziyoev o‘z nutqida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasida qo‘shib yozish holatlari mavjudligini tan oldi, bu muammolarga barham berish butun Makroiqtisodiyot kompleksi va shaxsan mehnat vazirining birinchi darajali vazifasiga aylanishi kerak ekanligini ta’kidladi va aholini ishga joylashtirishning bir “modelini” aytib berdiki, nutqning o‘sha parchasini aynan keltiramiz:

Ishga joylashtirishning Mirziyoev modeli

“Aniq bir misol bilan ushbu muammoni hal etishning real yo‘lini aytmoqchiman. Andijon viloyatining aholi zich joylashgan Oltinko‘l tumanida 7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, jumladan, sanoatda – 371 ta sub’ekt, qurilishda – 167 ta sub’ekt, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida – 156 ta sub’ekt va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi.

Tumandagi har bir xo‘jalik sub’ektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘ri keladi.

Tumanda byudjetdan oylik oladigan iqtisodiy kompleks tashkilotlaridagi jami 400 nafar xodim ushbu korxonalarning samarali ishlashiga amaliy yordam bersa, masalan, kimgadir kredit, yana kimga xomashyo yoki malakali maslahat bilan ko‘maklashsa, bu ishni bemalol bajarsa bo‘ladi. Agar ana shu 400 nafar odam oyiga bittadan ish o‘rni tashkil etishga ko‘maklashsa, bir yilda 4 ming 800 ta yangi ish joyiga ega bo‘lish mumkin”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Иш ўринлари ташкил қилишнинг Шавкат Мирзиёев таклиф қилган усули
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00
Бевосита линк

Yana hasharmi?!

O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, iqtisodchi Saparboy Jubaev, Prezidentning bu gapini sharhlar ekan, “400 kishi yangi ish joyi yaratish bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, ularning ishni kim qiladi?!”, deb xayron bo‘ldi.

Agar Mirziyoev keltirgan misol “model”dan kelib chiqilsa, hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari bundan buyon byudjetdan oylik oladigan iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlaridan har oyda (chorakda, yilda...) necha kishini ishga joylashtirgani to‘g‘risida hisobot yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Qamchi yoki shirin kulcha

Prezident o‘z nutqida hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari uchun jazo yoki mukofot mexanizmi belgilanganini ham aytib o‘tdi. Bu mexanizm o‘ta jo‘n: birinchi o‘rinbosarlar yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tasdiqlangan ko‘rsatkichlarni, har oy yakuniga ko‘ra bajarilishini ta’minlagan taqdirda, ularning ish haqiga 20 foiz qo‘shimcha qo‘shish bilan rag‘batlantiriladi. Ana shu ko‘rsatkichlar bajarilishi ta’minlanmasa, aksincha, ularning ish haqidan 20 foiz ushlab qolinadi.

Xuddi shunday jazo va rag‘batlantirish hokimlarning o‘ziga nisbatan ham qo‘llaniladi – faqat 15 foiz darajasida.

XS
SM
MD
LG