Линклар

Шошилинч хабар
06 июл 2022, Тошкент вақти: 15:19

Tramp qochqinlar va ayrim musulmonlarning AQShga vaqtincha kiritilmasligini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda


AQSh matbutoti prezident Donalьd Tramp 25 yanvardan boshlab immigratsiyaga qarshi chora ko‘ra boshlashi haqida xabar tarqatmoqda. Bular orasida muhojirlarning AQShga kelishiga vaqtincha to‘siq qo‘yish hamda Suriya, Iroq, Eron va boshqa musulmon davlatlar fuqarolarigaga viza berishni to‘xtatishni ko‘zlovchi choralar ham bor.

Reuters hamda Associated Press tarqatgan xabarga ko‘ra, tazyiqdan qochayotgan diniy ozchiliklardan boshqa muhojirlar AQShga bir necha oy davomida kiritilmaydi. Ungacha rasmiylar AQShga kiritilayotgan shaxslarni tekshirishni kuchaytiradi.

Prezidentning yana bir buyrug‘iga binoan Suriya, Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan hamda Yaman fuqarolariga viza berish to‘xtatiladi. Bu ma’lumotni matbuotga ismi oshkor qilinmagan rasmiylar va mutaxassislar bergan.

Xabarlarga ko‘ra, prezident dastlabki farmonlarni 25 yanvar kuni, qolganlarini keyingi kunlarda imzolaydi.

Tramp 24 yanvar kuni kech Twitterda Ertaga milliy xavfsizlik uchun katta kun bo‘lishi rejalashtirilgan. “Boshqa narsalar bilan bir qatorda devorni quramiz”, deb yozdi. Bu bilan prezident AQSh va Meksiko o‘rtasida devor qurishni nazarda tutdi.

Trampning saylovoldi kampaniyasida bunday devor qurish muhim o‘rin tutdi. Tramp yana Yaqin Sharq, Osiyo va Afrikada joylashgan musulmon davlatlardan kelayotgan migrantlarni nazorat qilishni kuchaytirishini ayib keladi.

Boshida prezident musulmonlarni vaqtincha AQShga kiritmaslikka chaqirdi. Keyinroq u terror guruhlar joylashgan davlatlardan kelayotgan shaxslarni qattiq nazorat qilishga chaqira boshladi.

Trampni dastaklovchilar sobiq prezident Barak Obamaning mamlakatda suriyalik qochqinlar sonini oshirishga qaratilgan qarorini qoralab keladi. Ular bu shaxslar terror hujumlarini amalga oshiri mumkinligidan xavotirda.

Dunyodagi qochqinlarning aksar qismi urushdan boshi chiqmayotgan Suriya, Afg‘oniston va Iroq davlatlaridadir.

Tramp AQSh Davlat departamentini ayrim davlat fuqarolariga viza chiqarisni to‘xtatishga hamda chegara rasmiylarini ushbu davlatlarning viza olgan shaxslarini AQShga kiritmaslikka chorlashi kutilmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser 24 yanvar kuni Davlat departamenti hamda Milliy xavfsizlik departamenti ushbu davlatlar fuqarolarini yaqindan tekshirish tizimini yo‘lga qo‘yishini aytdi.

Huquqshunoslar prezident farmonlari muayyan din a’zolarini diskriminatsiya qilayotgani tufayli ular konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining migratsiya bo‘yicha mutaxassisi Xiroshi Motomura “Tramp va uning jamoasidagi ayrimlarning kampaniya davomida aytgan gaplari dinni o‘ziga mo‘ljal qilib oldi”, dedi.

Reutersga ko‘ra, boshqa davlat idoralari AQShga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning biometrik ma’lumotlarini tekshirishga qaratilgan ishlarni yakunlashga hamda hukumatdan noqonuniy tarzda yordam olayotgan immigrantlarni aniqlashga chaqiriladi.

XS
SM
MD
LG