Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:06

MXX Oliy sud mulozimini 25 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushirdi


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura vakillari bilan hamkorlikda Oliy sudning axborot-huquqiy ta’minot bo‘limi katta maslahatchisi, 37 yashar Azizxon Mamatovni qo‘lga oldi.

Bu haqda kuch ishlatar idoradagi o‘z manbasiga tayanib xabar qilgan Sputnik saytiga ko‘ra, qo‘lga olingan mulozim tadbirkorlardan birining ishi yuzasidan ijobiy qaror chiqarilishi uchun 50 ming AQSh dollari olmoqchi bo‘lgan.

Aytilishicha, ikki tadbirkor notarial shartnomaga asosan fuqaro A. Olimjonovdan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi qurilishi bitmagan binoni sotib olgan. Shundan so‘ng bino kapital ta’mirdan chiqarilgan, bu erda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan edi.

“Keyin ma’lum bo‘lishicha, Olimjonov firibgarlik yo‘li bilan binoga egalik qilib olgan, uni amalda egasidan deyarli tortib olgan. 2016 yilning mayida Olimjonov ko‘chmas mulkni tortib olgani uchun 168 modda (“Firibgarlik”) bo‘yicha sudlandi, Yakkasaroy tuman sudi uni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, sud binoning avvalgi egasiga ob’ekt qiymatiga teng moddiy zararni qoplab berish haqida qaror chiqardi”, - degan sayt manbasi.

2016 yilning avgustida binoning dastlabki egasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining yuqorida aytilgan ikki tadbirkor hamda A. Olimjonov o‘rtasidagi oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish hamda avval sotib yuborilgan mulkni qaytarib berish haqidagi qarori chiqarilishiga erishadi.

"Bunga javoban binoning yangi egalaridan biri Oliy sudga shikoyat qildi. Oliy sud Toshkent shahar sudi qarorini bekor qildi hamda ishni qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Shu yerda Azizxon Mamatov aralashadi. U ijobiy qaror chiqarilishi uchun tadbirkorlardan 50 ming AQSh dollarini undirmoqchi bo‘ladi. Mamatov mablag‘ning yarmi darrov berilishini, ikkinchi qismini esa – sud qarori chiqarilgach berishlarini talab qiladi", - degan manba.

Xabarda aytilishicha, Azizxon Mamatov poytaxtning Shayhontoxur tumanidagi kafelardan birida 25 ming dollar olayotgan paytida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-, 28-, va 211- moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi

XS
SM
MD
LG