Линклар

Шошилинч хабар
26 июн 2022, Тошкент вақти: 06:45

Parijda fransuz harbiysiga pichoq bilan hujum qilgan shaxs misrlik ekani bildirildi


Parijdagi mashhur Luvr muzeyida qo‘riqchilik qilayotgan fransuz askariga 3 fevral kuni pichoq bilan hamla qilgan shaxs Misr vatandoshidir. Bu haqda Parij prokurori Fransua Molen jurnalistlarga ma’lum qildi. Lekin, uning ismi ochiqlanmayotir.

Prokuror Molenga ko‘ra, 29 yoshli misrlik Parijga 29 yanvar kuni sayyohlik vizasi bilan kelgan. U Misr vatandoshidir. Hozir politsiyani hujumchi yakka o‘zi harakat qilganmi yoki kimnidir yo‘riqnomasiga amal qilganmi, degan savol qiziqtirmoqda.

3 fevral kuni ertalab soat 10lar atrofida noma’lum shaxs Parijdagi Luvr muzeyning ko‘rgazmalar zaliga olib boruvchi zinapoya ostonasida “Ollohu Akbar" deya pichoq bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan shaxsni fransuz qo‘riqchisi o‘q otar qurol bilan yaralagani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Voqea joyiga borgan Ozodlik muxbiri Gulasal Kamolovaning aytishicha, muzeyning savdo bo‘limiga zo‘rlik bilan kirib bormoqchi bo‘lgan hujumchi qornidan o‘q yeb, og‘ir jarohatlangan.

Hujumchiga tegishli ikki ryukzak tekshirilgan, ammo portlovchi moddalar topilmagan. Politsiyaga ko‘ra, hujumna aloqador ko‘rilgan yana bir shaxs qo‘lga olingan.

Gulasal Kamolovaning Parijdan xabar berishicha, hodisa payti muzeydagi yuzlab tomoshabinlarga erga yotishga buyruq berilgan, keyinchalik evakuatsiya qilingan.

2015 yili noyabr oyida “Islomiy davlat” terror guruhi uyushtirgani aytilgan hujumda 130 kishi halok bo‘lganidan beri Fransiyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

O‘tgan yil yozida O‘rta er dengizi sohilidagi Nitstsa shahrida Fransiya milliy bayrami kuninoma’lum shaxs yuk mashinasini olomon ustiga haydab, 84 kishini o‘ldirgan edi.

XS
SM
MD
LG