Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:50

YuNESKO Shahrisabzni jahon madaniy merosi ro‘yxatidan chiqarishi mumkin


Mahalliy me’morlar¸ qolaversa¸ xalqaro mutaxassislar YuNESKO madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabz tarixiy eski shahar qismining haddan ziyod restavratsiya qilingani va zamonaviy qurilishlar bois o‘z me’moriy qiymatini yo‘qotayotgani yuzasidan xavotir bildirmoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligi qoshidagi Madaniy yodgorliklarni asrash idorasi mulozimining shaxsi ochiqlanmaslik sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ Shahrisabzning qadimiy qismida yodgorliklarga putur yetgani yuzasidan tekshiruv bormoqda:

- Shahrisabzdagi Shohruh Mirzo nomidan 1435 yili qurilgan va xalq orasida "Ko‘k gumbaz" nomini olgan Dor-ut-tilovat me’moriy majmuasining 1996 yili qilingan ta’mir ishlari brak ekanligi muhokama qilindi. Shahrisabzning YuNESKOda qolish yoki qolmasligi shu yil yozda hal bo‘ladi. Yodgorliklarni saqlab qolish qonuni bor¸ ammo bu qonunni ijro qilish mexanizmi yo‘q. Rahbarning bir og‘iz gapi bilan me’moriy asarni yaltillatib¸ bitkazib qo‘yishadi¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan vazirlik mulozimi.

2016 yil iyulida Istanbulda o‘tgan YuNESKO Madaniy meros qo‘mitasinining 40-sessiyasida “Shahrisabzning qadimiy qismi “yo‘q bo‘lish xavfi ostida qolgan obidalar” ro‘yxatiga kiritildi.

"Ko‘k gumbaz"ning 1979 yilgi tasviri. O‘zbek Sovet entsiklopediyasidan olindi.
"Ko‘k gumbaz"ning 1979 yilgi tasviri. O‘zbek Sovet entsiklopediyasidan olindi.

2016 yilning 14 iyul kuni BMT radiosi orqali gapirgan YuNESKO ekspertlari Shahrisabz markazida turizmni rivojlantirish bahonasida qadimiy binolar buzilib¸ o‘rniga zamonaviy mehmonxonlar qurilgani bu shahar qiyofasiga putur yetkzaganligini ta’kidlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha¸ YuNESKO Madaniy meros qo‘mitasi a’zolari Shahrisabz shahrining me’moriy qiyofasiga yetkazilgan zararni aniqlash va bu qadimiy shahar me’moriy qiymatini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni rejalash uchun maxsus missiya tashkil qilgan.

O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligi madaniy ëdgorliklarni asrash idorasi mulozimining aytishicha¸ bu missiya a’zolari Shahrisabzdagi ahvolni “o‘ta achinarli” deb topgan.

"Ko‘k gumbaz" majmuasi restavratsiyadan" keyin.
"Ko‘k gumbaz" majmuasi restavratsiyadan" keyin.

Akmal Rizaev taxallusi bilan maqolalar yozadigan toshkentlik san’atshunos Ozodlik bilan suhbatda Shahrisabzdagi Jahongir maqbarasi va Hazrat Imom masjidi ham restavratsiya bois tarixiy qiymatdan mosuvo bo‘lganligini gapirdi:

- O‘zbek mulozimlari konservatsiya emas¸ restavratsiya tarafdori. Dunyo me’morlari orasida esa konservatsiya trendga aylangan. Ya’ni aslini saqlash. Siniq bo‘lsa ham¸ vayrona bo‘lsa ham¸ o‘q o‘tmas oynalar orasida saqlashadi qadimiy obidalar qoldiqlarini. Shahrisabz yodgorliklari sovet davrida Samarqand uchun donor vazifasini bajarib¸ ancha g‘ariblashdi. Ya’ni Samarqandni yaraqlatish uchun Shahrisabzdagi obidalarning naqshin koshinlari transplantatsiya qilindi. Lekin nisbatan shahar o‘z holicha saqlandi. Mustaqillik davridagi “Amir Temur mafkurasi” bois Shahrisabz misli ko‘rilmagan ta’mirlash bois o‘rni to‘ldirilmaydigan darajada buzildi. Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan olib borilgan “tezlashtirilgan restavratsiya” bois Oqsaroy qadimiy obidadan ko‘ra¸ Disney lend multiklaridagi Aloviddin saroyiga o‘xshaydigan psevdo obidaga aylantirildi¸ deydi Akmal Rizaev.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ restavratsiya bahonasida qadimiy ëdgorliklarni buzish tadbirlarini Xiva¸ Samarqand va Buxoroda ham ko‘rish mumkin:

Islom Karimov qadimiy Hazrati Xizr maqbarasi oldiga dafn etildi.
Islom Karimov qadimiy Hazrati Xizr maqbarasi oldiga dafn etildi.

- Buxorodagi Chor minordan birisi qulab tushganidan keyin zamonaviy qurilish materiallaridan tiklandi. Xivadagi Dishon qal’a devorlaridagi qabrlar tekislanib¸ mahalliy gilam fabrikasi chiqiti aralashgan suvoq bilan suvaldi. Samarqandning Hazrati Xizr mavzeiga O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov memoriali barpo etilishi ham bu hudud me’moriy qiyofasini buzadi¸ deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG