Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2022, Тошкент вақти: 15:41

Qirg‘iziston sudi Tekebaevni 2 oy hibsda qoldirdi


Tekebaev qamoqqa olinganiga qarshi norozilik namoyishi.

Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi 28 fevralga o‘tar kechasi muxolifat liderlaridan biri O‘murbek Tekebaev va Duyshen Cho‘to‘novni 2 oyga hibs qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Bu haqda Tekebaevning advokati Cho‘lpo‘n Jakupbekova ma’lum qildi.

-Ikki oyga qamoqqa olindi.Sudning qarori oldindan tayyorlab qo‘yilganga o‘xshaydi. Chunki qarorni o‘n minut o‘qishdi, sudya maslahatlashuv xonasida esa bor yo‘g‘i besh daqiqa bo‘ldi. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan hukmni o‘qib berishdi, - dedi Cho‘lpo‘n Jakupbekova.

Qirg‘izistondagi eng taniqli siyosatchilardan biri bo‘lgan O‘murbek Tekebaev 26 fevral kuni Istanbuldan Bishkekka uchib kelganida Manas aeroportida qo‘lga olingan edi. Oradan ko‘p o‘tmay muxolifatchi Duyshen Cho‘to‘nov ham qo‘lga olingan.

Rasmiylar muxolifatchilarga nisbatan korrupsiya moddasi bilan jinoyat ishi ochilganini bildirdi. Biroq muxolifatchilar buni siyosiy ta’qib deb hisoblamoqda.

O‘murbek Tekebaev keyingi bir yil ichida prezident Atambaev va uning yaqinlarining korrupsiyaga aralashganini iddao qilib kelayotgan edi.

Prezident Atambaev va O‘murbek Tekebaev o‘rtasidagi kompromatlar urushi 2016 yil 31 avgustida boshlangan edi. O‘shanda Mustaqillik kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida Atambaev 2010 yildagi Muvaqqat hukumat faoliyatini tanqid qilgan va buning ortidan sobiq prezident Roza O‘tunbaeva namoyishkorona ravishda tantana joyini tark etgan edi.

Shundan so‘ng Tekebaev prezident va uning yaqinlarini korrupsiyada ayblab qator ayblovlarni ilgari surgan, Milliy xavfsizlik xizmati esa Tekebaev va uning bir necha safdoshini korruptsiyaga aloqadorlikda ayblay boshlagan edi.

O‘murbek Tekebaevning qamoqqa olinishi ortidan Qirg‘izistonning turli shaharlarida, jumladan, poytaxt Bishkekda muddatsiz norozilik mitinglari bo‘lib o‘tmoqda. Mitinglarda sobiq prezident Roza O‘tunbaeva Tekebaevni qo‘llab nutqlar so‘zlamoqda.

-Prezident bugungi kunda dahlsiz odamlar yo‘q deyapti. To‘g‘ri, dahlsiz odamlar bo‘lmasligi kerak, lekin bu printsip hammaga teng bo‘lishi lozim. Prezident ma’muriyatini halol bo‘lmagan odamlar egallab olganku, axir, -dedi Roza O‘tunbaeva.

Bishkekda mitinglar prezident ma’muriyati binosi oldida o‘tkazilmoqda. Lekin bugun Qirg‘izistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kelishi munosabati bilan norozilar mitingni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosi oldida o‘tkazishga qaror qilgan.

Rossiyalik tahlilchi Arkadiy Dubnov O‘murbek Tekebaevning aynan Vladimir Putin Qirg‘izistonga kelishi oldidan qamoqqa olinganini siyosat bilan bog‘laydi:

-Bu ish uchun ayni mana shu payt bekordan tanlab olingan emas, deb o‘ylayman. Negadir Atambaev Putin tashrifi arafasida o‘zining qat’iyatli ekanini va o‘z mamlakatidagi vaziyatni to‘la nazorat qila olish salohiyatiga ega ekanini namoyish qilgisi keldi. Atambaev uchun mamlakatdagi vaziyat o‘z nazoratida ekanini ko‘rsatish juda muhimdir. Atambaev bo‘lg‘usi prezidentlik saylovida ishtirok etmayotgani uchun uni hozir “cho‘loq o‘rdak” o‘laroq ko‘rishmoqda. Atambaev saylovga to‘qqiz oy qolganida ham vaziyatni nazorat qila olish qudrati kuchli ekanini namoyish qilishni istadi, -dedi Arkadiy Dubnov.

XS
SM
MD
LG