Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:23

AQSh bosh prokurori Rossiya elchisi bilan o‘tkazgan uchrashuvlarini oshkor etmagan


AQSh bosh prokurori Jeff Seshns
AQSh bosh prokurori Jeff Seshns

AQSh bosh prokurori Jeff Seshns yanvar oyida bo‘lib o‘tgan senat eshitishlarida o‘tgan yilgi prezidentlik saylovi davomida Rossiyaning AQShdagi elchisi bilan ikki marta suhbatlashganini oshkor etmagan.

AQShdagi Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan o‘tkazilgan suhbatlar oshkor bo‘lishi ortidan demokratlar Seshnsni iste’foga chiqishga yoki Rossiyaning saylovga aralashuvi bo‘yicha Adliya vazirligi o‘tkazayotgan tergovdan chiqib ketishga chaqirmoqda.

“Qasamyod qilganidan keyin Kongressga o‘zining Rossiya bilan muloqotlari haqida yolg‘on gapirgan bosh prokuror iste’fo berishi kerak. Seshns mamlakatimizning eng oliy huquq-tartibot ofitseri o‘laroq ishlashga munosib emas”, dedi Vakillar Palatasidagi yetakchi demokrat Nensi Pelosi.

Seshns prezident Donalьd Trampni dastaklaydi, unga maslahatchilik qilib keladi.

Yanvar oyida undan saylov kampaniyasi ishtirokchilarining Rossiya bilan aloqalari haqida so‘ralganida u bunday holatlardan bexabarligini ta’kidlagan edi.

Adliya vazirligi matbuot kotibi Sara Isgur Flores 1 mart kuni uning javobida hech qanday yolg‘on yo‘qligini ta’kidladi.

Matbuot kotibi Seshns o‘tgan yilda Senatning qurolli xizmatlar qo‘mitasi a’zosi o‘laroq 25dan ortiq elchi bilan uchrashgani, mazkur uchrashuvlar Trampning saylov kampaniyasi bilan bog‘liq bo‘lmaganini aytdi.

1 mart kuni kechqurun Seshns tomonidan e’lon qilingan bildiruvda: “Men saylov kampaniyasi masalasini muhokama qilish uchun Rossiya rasmiysi bilan uchrashganim yo‘q. Bu iddao nima haqida ekanligini bilmayman. Bu yolg‘on”, deyiladi.

Prokuror Seshns va elchi Kisliyak uchrashuvlari haqida birinchi bo‘lib The Washington Post gazetasi xabar tarqatdi.

Buning ortidan bir necha demokrat Seshnsdan Rossiyaning saylovga aralashgani haqidagi da’volarni o‘rganayotgan Adliya vazirligi tergovidan chiqib ketishni talab qildi.

Vakillar palatasi a’zosi Eliot Engel: “U zudlik shunday qilishi kerak”, dedi.

Engel shuningdek Rossiyaning saylovda o‘ynagan rolin haqidagi da’voni maxsus prokuror tekshirishi kerakligini ta’kidladi.

Vakil Adam Shiff 1 mart kuni MSNBC telekanli bilan subatda Vakillar Palatasining Xorijiy ishlar qo‘mitatasidagi respubliklachilar va demokratlar Tramp atrofidagilarning Rossiya bilan til biriktirgani haqidagi iddaolarni tergov qilish bo‘yicha yozma kelishuv imzolashganini bildirdi.

Shiff ruslar shantaj, pul o‘ndirish, til biriktirish taktikalaridan foydalanishganini, tergov davomida aynan shu jihatlar tekshirilishi lozimligini ta’kidladi.

Shiff tergovga bo‘lgan ehtiyojning tug‘ilishiga sabab saylov davomida “demokratiyamizga hujum qilindi va nimalar sodir bo‘lganini anglab yetishimiz juda muhim”, dedi.

XS
SM
MD
LG