Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 16:28

Millioner Hasanova: Sichqonning dumini kesmadim, boshqa hamma ishni qildim!


Shoira Hasanova.
Shoira Hasanova.

“Men 6 yashar qizcha edim. 29 yoshida beva qolgan onamning qo‘lida 4 ta bola edik. Tirikchiligimizni o‘tkazish uchun onam manti pishirib, bozorda sotar edi. Tunda, soat ikkida onam bizni uyg‘otar va biz manti tugar edik. Uyqumiz kelib, esnasak, onam o‘qlog‘ini o‘qtalib, “og‘zingga tiqib olaman”, deb qo‘rqitardi, deb esladi bolaligini so‘nggi 4 yildan beri Kanadada yashayotgan o‘zbekistonlik millioner ayol Shoira Hasanova.

Kanadaga ko‘chgunicha Hasanova xonim Birlashgan Arab Amirliklarida qariyb 20 yil yashadi. O‘z biznesiga asos soldi. Aytishicha, shu kunda Honkongdagi zargarlik shirkatlaridan birining hamsohibi.

Shoira Hasanova farzandlari bilan
Shoira Hasanova farzandlari bilan

Samarqand viloyati, Chelak shahridagi Ho‘jaobod mahallasida tug‘ilib o‘sgan Shoira Hasanovaning ona yurtida ham yirik mulki bor.

“Chelakda 2008 yili 1,5 mln. dollarga tarkibida 22 ta do‘kon bor Savdo kompleksi qurganman”, dedi Shoira Hasanova.

Xalqaro xotin-qizlar kunida Shoira Hasanovani suhbatga tortib, millioner bo‘lish sirlarini so‘radik.

Shoira Hasanova biznes sheriklaridan biri bilan.
Shoira Hasanova biznes sheriklaridan biri bilan.

Suhbatni tinglashingizdan oldin Shoiraning bir vaqtlar bolalarini manti sotib boqqan onasi haqda aytganlarini sizga yetkazmoqchimiz:

“Shu kunda yoshi 75 da ekanliklariga qaramay, onam tetiklar, taglarida Toyota mashinasi, uni o‘zlari minadilar, Chelakdagi Savdo kompleksimizni boshqarib turibdilar”, dedi Shoira.

Mana endi suhbatni tinglang.

Uni boy bo‘lishning 5 sirini bilishga qiziqqanlar, albatta, tinglasin.

Шоира Ҳасанова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG