Линклар

Шошилинч хабар
02 июл 2022, Тошкент вақти: 13:33

O‘zbekistonda 2 kunlik Navro‘zoldi hashari boshlandi


Hasharchi yoshlar: "Tezroq o‘tsaydi vaqt..." 2017 yil, 11 mart.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan 11 mart kuni O‘zbekistonda an’anaviy umumxalq xayriya hashari boshlandi. Hashar 12 mart, yakshanba kuni davom etadi.

"Hashar davomida mahallalalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli va xususiy uylar atroflari, guzarlar, maydonlar, ziyoratgohlar, ko‘chalar, trotuarlar, ariqlar va bolalar maydonchalari obodonlashtiriladi va tozalanadi. Mahalla va aholi yashaydigan dahalarda gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh turgan joylarda yashil hududlar tashkil qilinadi", deyilgan mahalliy nashrlarning bu haqdagi xabarida.

Bu ketmonlar hammaga etarmikan yo oshib qolarmikan? 2017, 11 mart.
Bu ketmonlar hammaga etarmikan yo oshib qolarmikan? 2017, 11 mart.

Hasharning birinchi kunida Ozodlik joylarda hasharda qatnashayotgan tinglovchilari bilan bog‘landi.

Farg‘onalik ismi sir qolishini iltimos qilgan pochta xizmatchisining aytishicha, uning hamkasblari bugun o‘z ishxonasi atrofini supurib-sidirdi, daraxtlarni oqladi.

Qashqadaryoning Kasbi tumanida yashaydigan pensionerning, Chiroqchi tumanida yashaydigan fermerning aytishicha, ular yashab turgan hududlarda mahalliy matbuotning hasharga oid xabarlarida aytiladigan ko‘tarinkilik sezilmaydi. Hamma o‘z ishi bilan band.

O‘zbekistonda umumxalq hasharlari odatga ko‘ra har yili 21 mart kuni nishonlanadigan Navro‘z bayrami hamda 1 sentabr – Mustaqillik kuni oldidan o‘tkaziladi.

Hasharga chiqdingmi? Ha, chiqdim... 2017, 11 mart.
Hasharga chiqdingmi? Ha, chiqdim... 2017, 11 mart.

Har yili o‘tkaziladigan hasharlardan kelib tushadigan mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, etimlar va yolg‘iz qariyalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi, shuningdek, bu mablag‘lar Davlat dasturlariga va boshqa ijtimoiy-ahamiyatli dasturlarga, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlashga ham yo‘naltirilishi aytiladi.

Hashar davomida qilinadigan ishlarni bu ishlar bevosita xizmat vazifasi bo‘lgan bo‘lgan korxonalar nima uchun o‘z vaqtida qilmaydi, degan haqli savol har yili javobsiz qoladi.

XS
SM
MD
LG