Линклар

Шошилинч хабар
28 июн 2022, Тошкент вақти: 20:08

Olimlar: O‘rgimchaklar yiliga 400-800 million tonna hashorot yeydi


O‘rgimchaklar har yili umumiy hisobda 400-800 million tonna hashorot yeydi. Bu insonlar yiliga iste’mol qiladigan go‘sht va baliq miqdoriga tengdir.

Seshanba kuni e’lon qilingan ilmiy maqolani yozishda tadqiqotchilar bundan avval olib borilgan 65 ta izlanishga asoslanib, Yer yuzida 25 million tonna o‘rgimchak borligini aniqlashgan.

So‘ngra o‘rgimchaklar yashashi uchun qancha yegulik iste’mol qilishi kerakligini inobatga olib, sakkiz oyoqli hashorotlar yiliga qancha hashorot va boshqa umurtqasizlarni eyishini hisoblab chiqishgan.

Izlanish natijalari The Science of Nature jurnalida chop etildi.

Maqola mualliflari o‘z izlanishlarida o‘rgimchaklar zararkundalar hamda kasallik tashuvchilar ko‘payishi oldini olishiga e’tibor qaratishdi.

“Umid qilamizki, mazkur hisob-kitoblar hamda ularning salmoqli ko‘lami odamlar orasida o‘rgimchaklar global miqyosda o‘ynaydigan muhim rolni anglashga va uni qadrlashga chorlaydi”, deyiladi maqolada.

O‘rgimchaklar mohir ovchigina emas, ular boshqa jonzotlarga ozuqa hamdir.

Qushlar hamda boshqa yirtqich va parazitlarning sakkiz mingdan oshiq turi faqatgina o‘rgimchak iste’mol qilib kun kechiradi.

XS
SM
MD
LG