Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 05:40

Qirg‘izistonda Navro‘z tantanasi prezident ishtirokisiz o‘tkazildi


Prezident Almazbek Atambaevning Navro‘z tabrigini Bishkekning markaziy maydonida o‘tgan tantana chog‘ida prezident ma’muriyati boshlig‘i Sapar Isaqov o‘qib eshittirdi.

Prezident tabrigida Qirg‘iziston energetik mustaqillikka erishgani e’lon qilindi, shuningdek, tabrikda joriy yilda mamlakatda prezidentlik saylovi o‘tishi, bu saylov arafasida Qirg‘iziston xalqi birdamlikda va ittifoqchilikda yashashi zarur ekani ta’kidlanadi.

Bayram tadbirida prezident Atambaev nega ishtirok etmagani aytilmadi. Bu borada hukumat ham, muxolifat ham, ommaviy axborot vositalari ham ma’lumot bermadi.

“Prezident tabrigini markaziy maydonda Sapar Isaqov o‘qib eshittirdi. Prezidentningg o‘zi qaerda?” qabilida ijtimoiy tarmoqlarda urchiyotgan savollar hozircha javobsiz qolmoqda.

Qirg‘iziston mustaqilligi tarixida birinchi marta Navro‘z bayrami prezident ishtirokisiz o‘tkazildi.

Qirg‘izistonning janubiy poytaxti O‘sh shahrida ham Navro‘z rasman bugun nishonlanayotir. Biroq viloyatning ayrim mavzelarida “Navro‘zni nishonlash shirk bo‘lar ekan” qabilidagi gaplar tarqalib, aholi sumalak saylini ham boshqa kunga qoldirgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabarni o‘shlik huquq faoli Izzatulla Raxmatullaev ham Ozodlik raliosiga tasdiqladi:

-O‘sh markaziy madonida Navro‘z rasman bayram qilinayapti. O‘shdagi o‘zbek teatri oldiga dor tikildi. Yujniy mavzesidagi Habib Abdullaev maktabida ham katta tantanalar bo‘layapti. Har yili O‘shdagi mahallalarda sumalaklar qilinar, oshlar damlanar edi. Joriy yilda esa ayrim joylarda ayrim dindorlarimizning “Navro‘z islomda yo‘q bayram, uni nishonlash shirk bo‘ladi”, degani uchun bu tadbirlarni 22 mart kunga ko‘chirishibdi.

Ozodlik: Bir kun oldin yoki bir kun keyin sumalak qilishning nima farqi bor ekan?

-Buni bilmadim. Lekin shunday yo‘l topishibdi. Bu fakt, - dedi Izzatullo Raxmatullaev.

Navro‘z bayrami arafsida O‘shdagi bir qator o‘zbek ziyolilarga Qurmonjon dodho nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlanganlardan biri bo‘lgan tarixchi va tadqiqotchi Begijon Axmedovning aytishicha, so‘nggi 20 yilda 20 nafar odamga berilgan bu mukofotga joriy yilda to‘rt nafar o‘zbek ziyolisi loyiq deb topilgan.

-Akademik Mamasaidov, tarixchi yozuvchilardan men, Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidullo Matholiqov, jamoat arbobi Arofatxon Olimjonovalarga bu mukofot tantanali tarzda topshirildi. Bu mukofotga so‘nggi 20 yilda 20 nafargina odam sazovor bo‘lgan ekan,- dedi Begijon Axmedov.

XS
SM
MD
LG