Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:47

Minskda "tekinxo‘rlik solig‘i"ga qarshi chiqqan yuzlab namoyishchi hibsga olindi (video)


Белорусда намойиш аёвсиз куч билан бостирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:21 0:00

Belorusda namoyish ayovsiz kuch bilan bostirildi

Minsk politsiyasi prezident Lukashenko hokimiyatiga qarshi chiqqan yuzlab namoyishchini ayovsiz kaltakladi va hibsga oldi. Namoyish tashkilotchilariga ko‘ra, kamida 700 odam hibsga olingan. Bular orasida 20dan ortiq jurnalist ham bor. 26 mart kuni tongda hibsga olinganlar qo‘yib yuborildi.

Belorus muxolifati hukumatning 25 mart kuni tinch namoyishchilarga qarshi qo‘llagan zo‘ravonligiga qarshi namoyishlarni davom ettirishga chaqirmoqda.

Belorus muxolifati faollari 25 mart kungi namoyishni ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirib, o‘z tarafdorlarini 25 mart kuni qoq tushda Oktabr maydonida yig‘ilishga chaqirdi va buning ortidan shanba kungi to‘qnashuvlar boshlanib ketdi.

"Vyasna" muxolif guruhi vakili Tatsyana Revyakoning aytishicha, taxminan 700 kishi namoyishda qo‘lga olingan.​

"Qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi kaltaklandi va tibbiy yordamga muhtoj edi", deydi faol.

Belorus jurnalistlar uyushmasining ma’lum qilishicha, ruxsat berilmagan namoyishni yoritayotgan 20 jurnalist ham hisbga olingan. Hibsga olinganlarning asosiy qismi 26 mart kuni tongda qo‘yib yuborildi.

Ozodlik radiosi Belorus xizmati muxbiri Aleksandra Dinko politsiya xodimlarining harakatini "vahshiyona harakat", deb ta’rifladi.

Guvohlarga ko‘ra, politsiya xodimlari yoshi katta namoyishchilar va ayollarni ham birdek zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan hamda politsiya mashinalariga bosib, olib ketgan.

Namoyishchilar dangasalik, tekintomoqlikka soliq solish to‘g‘risidagi hukumat qarorining bekor qilinishi talabi bilan 25 mart kuni Minskning "Fanlar Akademiyasi" va "Yakub Kolos maydoni" metro bekatlari oralig‘ida to‘planishdi.

Xabarlarga ko‘ra, u erga 500dan ziyod odam to‘plangan. Namoyishchilar "Jive Belarus!", "Lu, uxodi!" kabi shiorlarni aytishdi.

Belorusdagi norozilikka sabab bo‘lgan qonunga binoan nogironlar, voyaga yetmaganlar va nafaqaxo‘rlardan tashqari barcha rasman ishsiz bo‘lgan shaxslar 250 AQSh dollariga yaqin soliq to‘lashi talab etiladi.

Qonunda aytilishicha, bir yilda 6 oydan kam ishlagan va davlat tashkilotida rasmiy qayddan o‘tmagan har bir shaxs oyiga 250 AQSh dollari miqdorida soliq to‘lashi kerak. Hukumat bu ijtimoiy boqimandalikka qarshi kurashda yordam beradi demoqda.

Yevropa Ittifoqi namoyishning kuch bilan bostirilishini qoraladi va Minsk rahbarlarini hibsga olinganlarning barchasini zudlikda ozod etishga chaqirdi.

Amnesty International tashkiloti ham namoyishlarda o‘nlab odamlarning zo‘ravonlik ostida qo‘lga olinganiga guvoh bo‘lgani va politsiyaning haddan ziyod kuch qo‘llaganini qayd etgani haqidagi bayonotini e’lon qildi.

23 yildan beri Belorusni boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko esa bu namoyishlar ortida xorijdagi yot kuchlarga tayangan va hokimiyatni ag‘darishga uringan targ‘ibotchilar turganini ta’kidlamoqda.

So‘nggi kunlar ichida mamlakatda muxolifatning 300 ga yaqin faoli hibsga olindi. "Vyasna" guruhiga ko‘ra, 130 nafar faol 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

XS
SM
MD
LG