Линклар

Buxorolik Jamshid Shodiev birvarakayiga tug‘ilgan uch o‘g‘ilga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ydi. Asli kabi hisobchi bo‘lgan Jamshid aka 28 mart kuni dunyoga kelgan egizaklariga O‘zbekistonning hozirgi prezidenti sharafiga o‘g‘illarini shunday nomlaganini aytdi.

Egizaklarning buvisini Ozodlikka aytishicha, ona va bolalarning ahvoli yaxshi.

Shodievlar oilasida ikki yoshli qizi ham bo‘lib, endi er-xotin birato‘la to‘rt farzandning ota-onasiga aylanishdi.

Ozodlik egizaklarning otasi Jamshid Shodiev bilan suhbatlashdi, lekin u shoshib turganini aytib gapni qisqa qildi.

Uning aytishicha, shahar hokimi kelib ularni tabriklab ketgan.

Buxoroda tug‘ilgan egizaklarga O‘zbekistonning hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoev sharafiga ism qo‘yilishi ilk holatdir.

Bundan avval O‘zbekistonda mamlakatni avvalgi prezidenti sharafiga yangi tug‘ilgan egizaklarga Islom, Karim, Abdug‘ani ismlarini qo‘yish urf bo‘lgandi.

Ikki yil avval Andijondagi oilalardan birida tug‘ilgan 3 egizak o‘g‘illarga O‘zbekistonning o‘sha paytdagi prezidenti sharafiga Islom, Abdug‘ani va Karimjon deb ism berilgan edi.

Uch yil avval esa to‘rt o‘g‘il ko‘rgan toshkentlik 33 yoshli Gulshan Haydarova chaqaloqlariga Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘ygan edi.

Uch yil avval esa to‘rt o‘g‘il ko‘rgan toshkentlik 33 yoshli Gulshan Haydarova chaqaloqlariga Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘ygan edi.
Uch yil avval esa to‘rt o‘g‘il ko‘rgan toshkentlik 33 yoshli Gulshan Haydarova chaqaloqlariga Hasan, Husan, Islom va Karim deb ism qo‘ygan edi.

O‘shanda dunyoga kelgan chaqaloqlarga Toshkentning Bektemir tumani hokimligi to‘rtta beshik, kolyaskalar sovg‘a qilgandi. Hozir Haydarovlar oilasidagi Hasan, Husan, Islom va Karimlar uch yarim yoshda, bog‘chaga boradi.

- Dodamizdan qolgan ism yodgorlik bo‘lib qoldi bizga. Chunki biz bu odamdan juda ko‘p yaxshilik ko‘rdik. Shu egizaklarni ko‘rganimiz uchun prezidentimiz bizga uch xonali dom berdilar, dvoynyashka kolyaskalar berdilar, bu yog‘iga mana beshiklar, bola puli berishdi. Islom Karimov dodamizdan qolgan yodgorlikda bular endi, - deydi Gulshan opa.

Kelajakda Gulshan opa va egizaklarning otasi Abdullajon Haydarovlar oldida egizaklarini bir vaqtni o‘zida maktabga berish, uylantirish, o‘qitish xarajatlari turibdi. Hukumat yordamlari esa Islom Karimov o‘lganidan so‘ng to‘xtagan.

- Prezidentimiz qazo qilganlaridan keyin bola puli tugadi, yordamlari tugadi, lekin rahmat, hozircha bog‘chalari tekin, - deydi Gulshan Haydarova.

XS
SM
MD
LG