Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:59

Toshkentdagi nasroniy qabristonida buzilgan qabr toshlari qayta tiklandi


Toshkent shahar IIB mahalliy nashrlarga taqdim etgan fotosurat
Toshkent shahar IIB mahalliy nashrlarga taqdim etgan fotosurat

Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 45- umumta’lim maktabining besh nafar o‘quvchisi Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi nasroniylar qabristonida buzib tashlagan 10 ta qabr toshi qayta tiklandi.

45- maktab o‘qituvchilari Ozodlikka maktabning bitiruvchi - 9 sinf o‘quvchilari 11 mart kuni Chilonzor tumanidagi "Do‘mbrobod" nasroniylar qabristoniga kirib, 10 ta qabrni ag‘darib tashlashi tafsilotlarini aytib berdi:

"Maktabimiz xristianlar qabristoni ro‘parasida joylashgan. Qabriston devorlarining uchta joyida aholi yillar davomida uchta joyda teshik qilib qo‘ygan. O‘sha teshiklardan ko‘plar o‘tib yuradi. Aholi yo‘l qilib olgan. 11 mart kuni beshta 9 sinf o‘quvchisi o‘sha devordan biridan ichkariga kirib, qabr toshlarini tepib ag‘darib tashlashgan. 10 mart kuni qattiq yomg‘ir yoqqan edi. Yerlar nam bo‘lgan. Eski qabr toshlari tagi liqqillab turgan bo‘lgan," - dedi o‘qituvchilardan biri.

"Ataylabdan emas, o‘ynab"

O‘qituvchining aytishicha, 5 o‘quvchi "qabr toshlarini ataylabdan emas, o‘ynashib ag‘darishgan".

"Bolalik qilib, bir-biri tepishgan. Qabr toshlarini ataylabdan emas, o‘ynashib ag‘darishgan," - dedi u.

Bolalar ayni kunning o‘zida operativ xodimlar tomonidan ushlangan.

Maktab o‘qituvchisiga ko‘ra, ichki ishlar idorasiga borgan maktab direktori va bolalarning ota-onalari qabrlarni tuzatib berishga va’da qilganlaridan so‘ngra o‘quvchilar qo‘yib yuborilgan.

Toshkent shahar IIB e’lon qilgan fotosuratda qabr toshlarining ag‘darilgani, qabrlar atrofiga shikast etganini ko‘rish mumkin.

Qabr toshlari qayta tiklandi

11 mart kuni ag‘darib tashlangan 10 ta qabr toshi, o‘qituvchilarga ko‘ra, 17 mart kuni ota-onalar tomonidan qayta tiklangan, singanlari o‘rniga yangilari o‘rnatilgan.

45-maktab o‘qituvchilaridan yana birining ma’lum qilishicha, maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoy ish qo‘zg‘atilmagan, biroq o‘quvchilar "ichki ro‘yxat"ga olingan.

"Bolalarga nisbatan chora ko‘rildi. Beshshaloviyam maktabning ichki ro‘yxatiga olindi. Ota-onalari ogohlantirildi," - dedi u.

"Do‘mbrobod" qabristoni

Toshkentning "Olmazor" metro bekati yaqinida joylashgan "Do‘mbrobod" nasroniylar qabristoni 1964 yilda Toshkentdagi Botkin qabristonida qabr uchun joy qolmagandan keyin ochilgan.

Qabristonda, shuningdek, yahudiylar, musulmonlar va boshqa din vakillari uchun ham erlar ajratilgan.

Qabristonning musulmonlar uchun ajratilgan qismi "So‘galli ota" deb nomlanadi.

Qabriston hududida pravoslav cherkovi va musulmonlarning "Muxtorxon" masjidi mavjud.

Тошкент ҳукумати болтаси қабристонга етди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00

O‘tgan yil mart oyida "Do‘mbrobod" qabristonidagi chinorlar kesib tashlangandi.

Toshkentda 70 ta qabriston bor bo‘lib, ulardan 10 tasi ëpilgan.

Qabristonlarning 50 tasi musulmonlar va 10 tasi boshqa din vakillariga ajratilgan.

O‘zbekistondagi 8 mingdan ziyod qabriston asosan davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ hisobiga faoliyat yuritayotgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG