Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:12

Govorit Moskva: Putin - Mirziyoev uchrashuvida kim nimaga erishdi?


O‘tgan haftada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyaga davlat tashrifi bilan bordi. Rossiya jamiyati bu tashrifni qanday qabul qildi? Prezidenti bilan kelgan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z maqsadlariga erishdimi? Bu savollarning Rossiya matbuoti versiyasidagi javoblariga qiziqdik.

“Ko‘tarinki ruhda, ammo...”

Rossiya matbuotida Putin - Mirziyoev uchrashuvi keng yoritilgan bo‘lsada, uni kuzatib borayotgan axborot vositalarining muzokaralar natijalariga oid fikr-mulohazalari ancha bosiq bo‘ldi.

“Lenta.ru” nashrining Mirziyoev tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan “Kremlni ko‘tarinki ruhda tark etdi” sarlavhasi ostida chiqqan maqolasida “O‘zbekiston Rossiya tashkil qilgan birlashmalarda ishtirok etmaslikni davom etayapti, ammo bu mamlakat Rossiyaning Markaziy Osiyo siyosatidagi muhim ahamiyatni egallab kelmoqda” degan mulohazasi chop etildi.

Rus muxbirlari O‘zbekiston yangi prezidentining birinchi tashriflari Rossiyaga emas Ashxobod va Ostonaga qilingani, bu mamlakatning Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EAES) a’zo bo‘lishni istamayotgani yodga oldi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari e’tibori ko‘proq siyosiy emas, balki Rossiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga qaratildi.

Aeroportda va Kremlda Sh.Mirziyoevni harbiy eskort kutib oldi
Aeroportda va Kremlda Sh.Mirziyoevni harbiy eskort kutib oldi

Gazeta.ru ikki mamlakat oxirgi uch oyda tovar ayirboshlashni 260 foizga oshirgani va umumiy hajmda 5 mlrd dollarni tashkil etganini bayon qildi.

Ammo, ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoevning 5 apreldagi uchrashuvidan ma’lum bo‘ldiki, iqtisodiy aloqalarning qayta tiklanishini Toshkent faqat hamkorlar oldidagi qat’iy majburiyatlarsiz MDH doirasida ko‘rmoqda va Yevrosiyo ittifoqiga qo‘shilishga shoshilmayotir”, deb yozdi Gazeta.ru.

Rosstat ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdosida Rossiyaning ulushi 17 foizni tashkil etadi. Rossiya uchun esa, O‘zbekiston Xitoydan keyingi asosiy hamkor sanaladi.

- Bu tashrif davomida biz investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 12 mlrd dollarlik va savdo kontraktlari bo‘yicha 3,8 mlrd dollarlik kelishuvlar paketini imzolaymiz, dedi Mirziyoev Putin bilan bo‘lgan uchrashuv davomida.

Ayni paytda, AQShning O‘zbekistonga qiziqishi ortayotganidan xavotir bildirgan Rossiya harbiy sanoat kompleksi “Rostex” direktori Sergey Chemezov jumladan AQSh bilan O‘zbekistonga harbiy sanoat etkazib berish bo‘yicha raqobatni kuchaytirishini bildirdi.

Rossiya nashrlari O‘zbekistonning Yevrosiyo ittifoqiga kirish masalasini muhokama qilishdan bosh tortayotganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi.

Agarda O‘zbekiston Yevrosiyo ittifoqi tovarlari uchun o‘z chegaralarini ochib bersa, mahalliy sanoat qulab tushadi. Va tovar ayirboshlashning 260 foizli o‘sishi o‘rniga iqtisodiy bo‘hron yuzaga keladi”, deya o‘zbek delegatsiyasi hatti-harakatlarini tushuntirishga urindi nashr.

Qolgan telekanallar va tahliliy manbalar rus-o‘zbek munosabatlariga oid Rossiya rasmiy nashri tomonidan e’lon qilingan raqam va mulohazalarni biri-biridan ko‘chirib tarqatdi.

(Rossiya-24 kanalining o‘zbek delegatsiyasi tashrifi borasidagi lavhasi)

Rossiyani gaz kontraktlari qiziqtirdi

Rossiya mediatuzilmalarini prezident Shavkat Mirziyoevning deyarli barcha davlat vazirlari bilan qilgan tashrifidan O‘zbekistonning Rossiyaga yanada ko‘proq gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi xabari ko‘proq qiziqish uyg‘otdi. Ta’kidlash joyizki, 2015 yilda o‘zbek gazi narxi Rossiya uchun o‘rtacha Yevropa narxiga nisbatan tushirilgan edi.

Qolgan Rossiya nashrlari va telekanallari “Rossiya va O‘zbekiston misli ko‘rilmagan 16 milliardlik shartnoma imzoladi!”, “Ikki mamlakat 55ta kontrakt imzoladi”, “Rossiya va O‘zbekiston: birlashgan o‘zar..”, “Putin Mirziyoevning O‘zbekistonga taklifini qabul qildi” qabilida ko‘tarinki ruhda yozilgan maqola va xabarlar bilan to‘ldirildi.

Ayni paytda, ikki davlat o‘rtasida imzolangan 39 hujjat va bitta Memorandum ro‘yxatida migratsiya masalasiga oid atigi ikkita kelishuv imzolangani kuzatuvchilar qiziqishini o‘ziga tortdi.

Kremlin.ru saytidagi ro‘yxatda keltirilgan ikki davlat o‘rtasidagi bu kelishuvlar “O‘zbekiston Respublikasi grajdanlarining uyushtirilgan tartibda yollash va Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida” va “Migratsiya sohasidagi mutasaddi organlar vakolatxonalarini o‘zaro ta’sis etilishi to‘g‘risida” deb nomlanadi.

Vaholanki, Rossiya ommaviy axborot vositalari uchrashuv oldidan Shavkat Mirziyoev, Islom Karimovdan farqli ravishda, Rossiyada mehnat qilayotgan 2 million o‘zbek migrantlari muammolariga qiziqish bildirayotganini ta’kidlab kelgan. Rus matbuoti va tahlilchilari Rossiyada faoliyat yuritayotgan “Islom davlati” guruhining asosiy vakillari o‘zbekistonlik yoki o‘zbek ekaniga ham e’tibor qaratdi.

Ular o‘z fikrlariga Mirziyoevning davlat tashrifidan bir kun oldingi Peterburg metrosidagi portlashda asosiy ayblov millati o‘zbek bo‘lgan qirg‘izistonlik yigitga qo‘yilganini misol tariqasida keltirdi.

Moskvadagi hukumatlararo uchrashuvga izoh bergan “Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller ham ikki davlat o‘rtasidagi asosiy kelishuv gaz sohasida amalga oshganini ta’kidlab, dedi:

- Albatta, asosiy yutug‘imiz – o‘zbek gazini sotib olishni ko‘paytirish. Birinchi marotaba bu kabi o‘rta muhlatli 5 yillik kontrakt imzolandi: biz qazib olish ishlari, geologorazvedka bilan shug‘ullanamiz, dedi Aleksey Miller.

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo shartnomalarning asosiy qismini ikki taraflama madaniy-ilmiy va ma’rifiy masalalar tashkil etgani Rossiya matbuoti nazaridan mutlaqo chetda qoldi.

Kim nimaga erishdi?

Xo‘sh, ikki davlat ko‘zlagan maqsadlariga erishdimi? Bundan keyingi munosabatlar qay tarzda davom etadi?

Bu savollar bilan Ozodlik rossiyalik va o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchilarga yuzlandi.

Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Leonid Gusev O‘zbekiston kabi yirik strategik jihatdan muhim davlat bilan bo‘lgan keng qamrovli uchrashuvlarning Rossiya matbuoti tomonidan deyarli yoritilmaganidan hayratda ekanini bildirdi.

- Vaholanki, O‘zbekistonda sentyabr oyida hukumat o‘zgarishi ortidan Rossiyada O‘zbekiston bilan “yangi aloqalar o‘rnatilishi”, “yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochilishi” to‘g‘risida ko‘p gapirildi. Mana endi bo‘lsa, gazeta-televidenieni ko‘rib, birorta jo‘yali tahliliy maqola chiqarilmaganidan hayronman. Ammo O‘zbekistonning yangi hukumati ham “qo‘shilmaslik” siyosatini olib borishini, ham G‘arb, ham Rossiya bilan bir tekis munosabat o‘rnatishini bildirdi. Kecha ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjatlar Karimov davrida tayyorlangan edi. Bizda esa O‘zbekistonga nisbatan eyforiya endi so‘ngan, ko‘rinadi. Qolaversa, hech qaysi davlat o‘zining tashqi siyosatini keskin o‘zgartira olmaydi, dedi Leonid Gusev.

Siyosiy tahlilchiga ko‘ra, Vladimir Putin hukumati O‘zbekistonni o‘z tarafiga og‘dirib olish, o‘zi tuzgan ittifoq va tuzilmalarga jalb qilish rejasini amalga oshira olmagani mahalliy jamoatchilik va Kreml nazoratidagi axborot vositalarining bu mavzuga qiziqishini so‘ndirgan.

Cиёсатшунос Леонид Гусев билан тўлиқ суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:59 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Anvar Nazir O‘zbekiston hukumati Rossiyaga tashrifidan asosan iqtisodiy muammolarini bartaraf qilishni ko‘zlaganini aytadi.

Uning fikricha, Rossiya aksincha – O‘zbekiston bilan uchrashuvdan geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlagan.

- Mirziyoev kelganidan keyin O‘zbekiston KXShTga qaytadi, Yevrosiyo Ittifoqiga a’zo bo‘ladi, deb kutishdi. Lekin yangi hukumat qaytmasligi va qo‘shilmasligini aniq aytdi. Hatto bu tashrif davomida bu haqda og‘iz ham ochilmadi. Demak, ikki davlatning fundamental maqsadlari farqli. Rossiya uchun O‘zbekiston hududida rus harbiy bazalari ochilishi – eng ma’qul variant edi. O‘zbekistonning birinchi maqsadi – katta sarmoyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, energetik muammolarni hal etish edi.

O‘zbekistonga yiliga 3 million barrel neft zarur. Qozog‘istonga qilgan tashrifi davomida ham neftni quvur orqali tortish – asosiy kelishuvlar markazida bo‘ldi. Afsuski, Rossiya Federatsiyasiga bo‘lgan tashrifdan kutishlar o‘xshamadi: energetika mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlar ham amalga oshmadi va Rossiya bu masalada O‘zbekistonga salbiy javob bergani aniq bo‘ldi, dedi Rossiya atigi 500 ming tonna neftni o‘zining “Lukoyl” shirkatiga yetkazib berilishi hujjatlarda aks etganini bildirgan siyosatshunom-olim Anvar Nazir.

Сиёсий таҳлилчи Анвар Назир билан тўлиқ суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:59 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG