Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:17

NASA Yer sayyorasini bo‘laklarga bo‘lib, odamlarga "topshiryapti"


Yerning fazodan ko‘rinishi
Yerning fazodan ko‘rinishi

NASA Yerni 64 ming bo‘lakka bo‘lib, odamlarga sayyoraning muayyan burchagiga “egalik qilish” imkonini bermoqda.

Mazkur kampaniya "Yer kuni" bilan bog‘liq tadbirlarning biridir.

"Yer kuni" har yili o‘tkaziladigan xalqaro tadbir bo‘lib, undan maqsad - odamlar orasida atrof-muhitni saqlash haqida tushuntirish ishlarini olib borish.

NASAning yangi kampaniyasi majoziy bo‘lsa-da, sayyoramiz chindan jiddiy muammolarga duch kelganiga urg‘u beradi.

Yerda yuzaga kelgan jiddiy muammolar qatorida is gazining ko‘payib borayotgani, riflarning ozayib ketayotgani va ayrim biologik turlarning yo‘q bo‘lish arafasida turganini aytib o‘tish mumkin.

Kampaniyada ishtirok etish uchun quyidagi manzilda ismingizni ko‘rsatishingiz lozim: https://climate.nasa.gov/adopt-the-planet/#/

Buning ortidan NASA Yerning 64 ming bo‘lagidan birini paravarish qilishingiz uchun sizga "topshiradi".

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga Yerning unikal parchasi va unga mos keluvchi raqam beriladi.

Buning ortidan parchangizdagi harorat, o‘simliklar va atmosfera haqida NASA ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Tashkilot 22 aprelga belgilangan Yer kunigacha sayyorani to‘liq bo‘lishtirishni rejalashtirgan.

XS
SM
MD
LG