Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 02:08

Tramp Erdo‘g‘onni muvaffaqiyatli o‘tkazilgan referendum bilan tabrikladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va AQSh prezidenti Donald Tramp.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va AQSh prezidenti Donald Tramp.

Prezident Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qilib, uning vakolatlarini oshiradigan referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi¸ deb bayonot tarqatdi Oq uy.

Ayni paytda AQSh Davlat departamenti, Yevropa kuzatuvchilari va Turkiya muxolifati ovoz berish davomida qonun buzilish holatlari kuzatilganini aytmoqda.

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi 16 aprel kuni kechqurun saylovchilarning 51,4 foizi konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni qo‘llab ovoz berganini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘on tanqidchilari referendumning borgan sari avtoriratlashib borayotgan prezidentga haddan tashqari ko‘p vakolat berishidan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Oq uy 17 aprel kuni e’lon qilgan baënotda yozilishicha, Tramp Erdo‘g‘on bilan AQSh 7 aprel kuni Suriya harbiy bazasiga qilgan havo hujumini ham muhokama qilgan. Mazkur hujumga prezident Bashar al-Assad kuchlarining isyonchilar nazoratidagi Idlib shahrida kimyoviy qurol ishlatgani asos bo‘lgan edi.

Bayonotga ko‘ra, ikkala prezident Assadni javobgarlikka tortish muhim deb hisoblaydi.

17 aprel kuni referendum natijalariga norozilik bildirgan minglab odam Turkiya bo‘ylab namoyishga chiqdi.

Namoyishchilar referendum qoidalariga so‘nggi daqiqada kiritilgan o‘zgarishlarga qarshi chiqmoqda. Yanqi qonunga binoan bir milliondan oshiq muhrlanmagan saylov qog‘ozi hisobga olindi.

Xalqaro saylov kuzatuvchilari va AQSh Davlat departamenti ham mazkur kamchiliklarni tanqid qildi.

Davlat departamenti referendum bo‘yicha e’lon qilgan rasmiy baënotda Turkiya hukumatini o‘zgacha qarashlarni hurmat qilish hamda muxolif partiyalar bilan siyosiy muloqot olib borishga chaqirdi.

“Anqara hukumatini¸ qanday ovoz berganidan qat’iy nazar¸ barcha turkiyaliklarning fundamental huquq va erkinliklarini himoya qilishga chaqirmiz”, deyiladi baënotda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi Turkiyadagi referendumning demokratik standartlarga mos o‘tmaganini ta’kidladi.

Kuzatuvchilar referendum kampaniyasining ham “kuchlar teng bo‘lmagan maydonda” o‘tkazilgani va saylov qog‘ozlarini sanash davomida qoidalar o‘zgartirilganiga e’tibor qaratmoqda.

Erdo‘g‘on bu tanqidlarga Turkiya kuzatuvchilarning “siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi hisobotlarini ko‘rmaydi, eshitmaydi yoki tan olmaydi”, deya javob berdi.

Prezident Anqarada o‘zini qo‘llab ozov berganlar oldida qilgan chiqishi davomida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi yuzasidan referendum o‘tkazilishini aytdi.

Erdo‘g‘on yana referendumda ma’qullansa yoki parlament tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsa, o‘lim jazosini qayta tiklashni ham va’da qildi. Bu harakat Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga avtomatik ravishda to‘siq qo‘yadi. Mamlakatda o‘lim jazosi 2004 yil bekor qilingan edi.

Ayni paytda Turkiya vazirlar kengashi o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishi urinishidan keyin joriy qilingan favqulodda holat rejimini yana uch oyga uzaytirishga hozirlik ko‘rmoqda. Mazkur qonun loyihasini avval parlament ko‘rib chiqishi kerak.

XS
SM
MD
LG