Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:00

Usmon Azim: Adiblar hiyobonida Rauf Parfiga ham haykal tiklanishi kerak


O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim

O‘zbekiston xalq shoiri¸ O‘zbekiston prezidentining sobiq davlat maslahatchisi 67 yashar Usmon Azim Ozodlik bilan suhbatda o‘zining qo‘shiqqa aylangan she’rlari va Toshkentdagi shoirlar hiyoboniga qo‘yiladigan haykallar borasida gapirdi.

Усмон Азим билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:19 0:00

18 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida" qaror bergan edi.

Prezident qaroriga ko‘ra¸ "Adiblar xiyoboni"da "milliy adabiyotning ulkan namoyandalari" Ozod Sharafiddinov¸ Erkin Vohidov¸ Abdulla Oripov va Muhammad Yusufga haykal quriladi¸ Toshkentdagi Hamid Olimjon¸ G‘afur G‘ulom va Zulfiya haykallari ham shu xiyobonga ko‘chiriladi.

Usmon Azim fikriga ko‘ra, bu maydonda Mirtemir va Rauf Parfining ham haykali bo‘lishi lozim.

Suhbatdosh shuningdek Navoiy bog‘ida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi zamonaviy bino qurilishi borasida ham o‘z fikrlarini izxor qildi.

Grajdanin shoir

1979 yilda chop etilgan «Insonni tushunish» ilk she’riy kitobi bilan adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozongan Usmon Azim “Birlik”¸ “Erk” kabi mustaqillik uchun kurashgan harakatlar tamalida turgan ijodkor sifatida ko‘riladi.

Usmon Azim 1993 yili bu harakatlar muholifatdan masofalanib¸ iqtidorga yaqin turgan “Vatan taraqqiyoti” partiyasi tuzuvchilaridan biri bo‘lgan edi.

Pol Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsietis, Marsinkyavichus kabi o‘nlab shoirlarning ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan shoir Ozodlik bilan suhbatda shu kunlarda ham ijod bilan bandligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG