Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:48

Markaziy bank import shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar to‘xtatilganini inkor qildi


O‘zbekiston Markaziy banki bosh qarorgohi.

25 aprel kuni O‘zbekiston Markaziy banki o‘z saytida rasmiy bayonot e’lon qildi va “tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va etkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar”ni inkor etdi.

“Markaziy bank ma’lum qiladiki, import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha shartnomalar to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizdir”¸ deyiladi Markaziy bank rasmiy baënotida.

24 aprel kuni Ozodlik O‘zbekistondagi tijorat banklarining og‘zaki buyruq bilan import shartnomalari bo‘yicha barcha to‘lovlarni noma’lum muddatga to‘xtatganini xabar qilgan edi.

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekistondagi tijorat banklari rasmiylari¸ o‘tgan juma kuni “tepadan” shunday buyruq berilganini aytib¸ bu og‘zaki buyruqning aynan qaysi mutasaddi shaxs yoki idoradan tushganini o‘zlari ham bilmasliklarini ta’kidlagan edi.

25 aprel kuni Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston moliya-iqtisod tizimi sobiq mutasaddilaridan biri¸ bunday og‘zaki buyruqning o‘ziyoq qonunga qarshi harakat ekani va shu bois Markziy bank bunday raddiya chiqarishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

"Agar bunday harakat shaxsan Mirziyoevning og‘zaki ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilgan bo‘lsa¸ bu mamlakatni boshqarish xalqaro standartlar va yozib qo‘yilgan qonunlar asosida emas¸ balki uzoqni ko‘zlamay turib beriladigan buyruqlar asosida yuritilayotganini anglatadi va bu nihoyatda xavfli oqim. Bugun Mirziyoev yoki uning yonidagilar bank tizimini bitta og‘zaki buyruq bilan falaj qila olsa¸ ertaga qudrati prezidentnikidan kam bo‘lmagan shaxs va ularga bo‘ysunuvchi idoralarning ham ayni shunday og‘zaki buyruq bilan unga qarshi chiqmasligiga kafolat yo‘q"¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik sobiq mulozim.

Ayrim internet nashrlari¸ import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning to‘xtatilganini¸ O‘zbekistonda erkin konvertatsiyani yo‘lga qo‘yishga chog‘lanayotgan Shavkat Mirziyoev islohotlariga qarshi guruhlar ishi sifatida talqin qildi.

XS
SM
MD
LG