Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:52

Flinn Rossiyaga ruxsatsiz borib, qonunni buzgan bo‘lishi mumkin


Flinn Rossiyaga ruxsatsiz borib, qonunni buzgan bo‘lishi mumkin
Flinn Rossiyaga ruxsatsiz borib, qonunni buzgan bo‘lishi mumkin

AQSh Kongressi Namoyondalar palatasi qo‘mitasining etakchisi milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq prezident maslahatchisi Maykl Flinn 2015 yilda Rossiyaga borishidan oldin ruxsat olmay qonunni buzgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelinganini bildirdi.

Nafaqadagi general-leytenant Flinn 2016 yilgi saylovda Donald Trampning to‘ng‘ich maslahatchilaridan biri bo‘lgan. U 2015 yilda Rossiyaga tashrif qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ovqatlangan, Kreml dastaklaydigan RT telekanali uyushtirigan marosimda so‘zga chiqqan. Telekanal Flinn Moskvaga qilgan tashrifi uchun unga kamida 33 ming dollar to‘lagan.

Namoyondalar palatasi nazorat qilish qo‘mitasining respublikachi yetakchisi Jeyson Chaffetts jurnalistlar bilan suhbatda “U pulni qaytarib olish kerak”, dedi.

“Sobiq harbiy ofitser o‘laroq Rossiya, Turkiya yoki boshqalardan pul ola olmaysiz. Aftidan, u pulni rostdan olgan. Bu nojo‘ya harakat bo‘lib, qonunni buzishning oqibati ham bo‘ladi”, dedi Chaffets.

“Xorijiy davlatlardan pul olishdan avval ruxsat olish general Flinnning burchi va vazifasi bo‘lgan. Bizda u bunday ruxsat izlaganini yoki ruxsat olganini ko‘rsatuvchi hech nima yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Chaffets.

Maykl Flinn Rossiya hukumatiga aloqador shaxs va tashkilotlar bilan aloqasi oshkor bo‘lishi hamda bu haqda vitse-prezident MaykPensga noto‘g‘ri ma’lumot berishi ortidan prezident Donald Tramp tomonidan shu yilning 13 fevral kuni ishdan olingan. U AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida atigi 24 kun ishladi.

Flinni AQSh Namoyondalar palatasi hamda Senati razvedka qo‘mitalari hamda Federal qidiruv byurosi tergov qilmoqda. Ular Rossiyaning 2016 yilgi saylovga qaralashgani haqidagi iddaolarni ham tekshirmoqda.

Namoyondalar palatasi Nazorat qo‘mitasining demokrat a’zosi Elayja Kammings Flinn Rossiyadan olgan mablag‘lari haqida to‘liq hisobot bermaganini, bunday qilish og‘ir jinoyat ekanligini aytdi.

Chaffets va Kammings Flinn qonunni buzgan-buzmaganini aniqlash hamda hukumat uni javobgarlikka tortishi kerak yoki yo‘qligi haqida qaror chiqarilishi uchun AQSh armiyasi nazoratchisi hamda Mudofaa vazirligining bosh inspektoriga murojaat qilishlarini bildirishdi.

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser Flinn qonunni buzgan-buzmagani haqidagi savolga “Buni uning o‘zidan hamda huquq-tartibot agentliklaridan so‘rash kerak”, deb javob berdi.

Avvalroq Kammings “Tergov yetakchisi Chaffets va men har ikki partiya nomidan Oq uy apparati yetakchisi janob [Rayns] Pribusga bir guruh hujjatni, jumladan, general-leytenant Flinnning xorij fuqarolari bilgan qilgan aloqasiga doir hujjatlarni bizga berishini so‘rab murojaat qildik”, degan edi.

Bunga javoban Oq uy rasmiysi mazkur hujjatlarda maxfiy ma’lumot borligini va shu sabab ularni bera olmasliklarini aytgan.

“Bu juda nomaqbul javob”, dedi Kammings.

XS
SM
MD
LG