Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:38

Matbuot sharhi. Reyter manbalari: Hokimiyat Mirziyoev va Inoyatov qo‘lida, Azimov chetlatildi


“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatni o‘tgan yildan buyon boshqarib kelayotgan triumviratning bir a’zosini chetlatib, o‘z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi”, deb xabar qildi Reyter agentligi O‘zbekiston hukumatidagi o‘zgarishlardan xabardor manbalariga tayanib.

Agentlik Shavkat Mirziyoevning o‘tgan yili prezidentlik- ka saylanganini eslatib, “lekin amalda u hokimiyatni bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov hamda Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatov bilan bo‘lishishga majbur bo‘lib kelayotgandi”, deb yozdi.

Lekin G‘arbda uzoq vaqt O‘zbekistondagi islohotlarning bayroqdori sifatida ko‘rilib kelgan Azimov endilikda chetga chiqib qoldi, islohotlar jilovini prezident o‘z qo‘liga oldi, degan Reyterning har ikki manbasi.

Reyter manbalarining fikricha, hokimiyat ikki kishi: Mirziyoev va Inoyatovninggina qo‘lida qolmoqdaki, bu vaziyat qaror qabul qilish jarayoni murakkabligi darajasini pasaytirish potentsialini oshiradi.

Reyterga ko‘ra, bu vaziyat Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘zbekistondagi barqarorlikka putur yetishidan xavfsirayotgan chet davlatlar hukumatlarini biroz xotirjam qilishi mumkin. Lekin, deb yozadi Reyter, hokimiyat tepasida qolayotgan ikki kishi o‘rtasida taranglik mavjud.

O‘z xabari davomida Reyter o‘zining o‘tgan oydagi boshqa bir xabarida o‘zini islohotchi qilib ko‘rsatishga urinayotgan Mirziyoevning iqtisodiyotni liberallashtirish, xususan, so‘mni erkin konvertatsiyalash masalasida ehtiyotkorlik qilayotgan Inoyatov bilan hamfikr bo‘lmayotgani to‘g‘risida yozganini esladi.

Agentlik kuni kecha e’lon qilgan materialida o‘z manbalariga tayanib, Mirziyoev o‘z atrofida iqtisodiy islohotlar uchun mas’ul yangi komanda tuzgani, shu paytgacha"Azimovniki" deb ko‘rilgan sohani egallayotgani, Azimovga esa, shaxsiy xo‘jaliklarni tovuq va limon ko‘chatlari bilan ta’minlash kabi "jo‘nroq" vazifalar yuklanayotgani, islohotlar va xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun Sodiq Safoev tanlangani haqida yozdi.

Reyter manbasiga ko‘ra, 63 yashar Sodiq Safoev amalda Mirziyovning tashqi ishlar masalalari bo‘yicha asosiy maslahatchisi bo‘lib qolmoqda.

Agentlikning yozishicha, O‘zbekiston hukumati va Sodiq Safoev ofisi bu masalada sharh berishdan bosh tortgan.

XS
SM
MD
LG