Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:08

Samarqandda gaz portlashi oqibatida yosh bola nobud bo‘ldi


Samarqandning ko‘pgina qishloqlari qatori Sho‘rboyi qishlog‘iga ham gaz o‘tmagani sabab aholi gaz ballonlar yoki ko‘mir, o‘tin yoqib kun ko‘radi.
Samarqandning ko‘pgina qishloqlari qatori Sho‘rboyi qishlog‘iga ham gaz o‘tmagani sabab aholi gaz ballonlar yoki ko‘mir, o‘tin yoqib kun ko‘radi.

Samarqand tumanining Sho‘rboyi qishlog‘idagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida xonadon egasining 10 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi. Tuman yong‘in xavfsizligi mutasaddilarining Ozodlikka aytishicha, bola oshxonaga kirib, chiroqni yoqishga uringanida gaz ballondan gaz chiqib turgani sabab chaqnash yuz bergan.

26 aprel kungi portlash oqibatida bola va uning ota-onalari tan jarohati oldi va og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Ikki kun o‘tib, kasalxonada bolaning joni uzildi.

Samarqand tumani kasalxonasi shifokorlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda portlashdan kuyish jarohati olgan bolaning ota-onasi og‘ir ahvolda yotganini aytdi.

Samarqand tumani ichki ishlar organlari gaz portlashi sabablarini o‘rganmoqda.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, uyning oshxonasida gaz balloni ochiq qolgan, gaz sizib chiqib turgani uchun chaqnash ro‘y bergan.

Samarqand tumani yong‘in o‘chiruvchilari hodisa joyiga bir necha daqiqada etib borishgani, uy ichidagi er-xotin va bolani vaqtida qutqarishganini aytishdi.

Samarqandning ko‘pgina qishloqlari qatori Sho‘rboyi qishlog‘iga ham gaz o‘tmagani sabab aholi gaz ballonlar yoki ko‘mir, o‘tin yoqib kun ko‘radi.

Gaz ballonlardan noto‘g‘ri fodalanish yoki ularning nosozligi sabab O‘zbekistonda yong‘in va portlashlar ko‘p bo‘ladi.

Shu yilning fevral oyida Samarqandning Qo‘shrabot tumani Toz qishlog‘ida uylariga gaz o‘tmagani bois o‘tin, ko‘mir yoqib kun ko‘rib kelgan xonadonda yong‘in chiqishi oqibatida bir oilaning sakkiz a’zosi nobud bo‘lgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG