Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:26

Neft narxi o‘tgan yilgi darajaga tushib ketdi


Payshanba kuni neftning narxi deyarli besh foizga – o‘tgan yil noyabrdagi darajagacha kamaydi. O‘shanda OPEK mamlakatlari qazib olish hajmlarini qisqartirishga kelishib olgandilar. Brent navli neftning bir barreli narxi 48 dollar 38 sentgacha pasaydi. AQShda qazib olinayotgan neftning narxi 45 dollar 48 sentga qadar pasaydi.

Tahlilchilar narxlar orqaga ketishining sabablari orasida Liviyadagi o‘zaro dushman bo‘lgan guruhlar o‘rtasidagi muzokaralarda oldinga siljishni aytib o‘tmoqdalar. Ularning to‘qnashuvi ko‘pincha yirik neft konlari ishining to‘xtab qolishiga olib kelardi. Liviya OPEKning ulushidan chiqarilgan, shu bois, tinchlik o‘rnatiladigan bo‘lsa, bir kunda taxminan bir yarim million barrel ishlab chiqarishi mumkni. Nigeriya ham qazib olishlar hajmi keskin kamayishiga olib kelgan siyosiy beqarorlikni tugatishga umid qilmoqda.

Asosiy sabablardan biri Qo‘shma Shtatlarda neft qazib olishning ko‘payishidir. AQSh Energetika vazirligining oxirgi ma’lumotlari dalolat beradiki, mamlakatda neft qazib olish darajasi ortgan, zaxiralar esa bashorat qilinayotganidan kamroq midorga kamaygan. Buning hammasi OPEKning qazib olishlarni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuvi samarasi oz ekanligini ko‘rsatmoqda.

25 may kuni OPEK a’zolari o‘zlarining kelishuvini shu yilning oxiriga qadar uzaytirish masalasini hal qilish uchun Venada majlisga yig‘iladilar.

XS
SM
MD
LG