Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:03

Eshagini o‘g‘irlatgan payariqliklar kolbasa yeyishdan qo‘rqayapti


Samarqand viloyat, Payariq tumani aholisi eshak o‘g‘rilari paydo bo‘lganidan shikoyat qilishdi. Payariqliklarga ko‘ra, keyingi o‘n kun ichida kamida ikkita eshak o‘g‘irlangan, chekka joyda so‘yilib, terisi shilib olingan. Tuman IIB xodimining aytishicha, qishloqliklar agar yirik buqa o‘g‘irlanmasa, mayda chorva mollari o‘g‘irlanishidan odatda ariza berishmaydi.

“O‘g‘irlangan eshaklarning terisi shilinayapti”

Payariqning Ko‘kdala qishlog‘ida yashovchi yigitning Ozodlikka aytishicha, bir hafta avval o‘g‘irlangan ikkita eshakning terisi shilib ketilgan:

Yo‘qolgan eshaklarni ba’zilar ovloq joylardan terisi burnidan to dumigacha shilingan holda topishca, ba’zilar esa faqat suyagini topayapti. Bir haftacha oldin ham qishlog‘imizning ikki eshagini terisini shilib ketibdi, borib ko‘rdik. Qishloq chekkasida yotibdi. Ukol bilan o‘ldirishganmi yoki tiriklay shilishganmi, bilmadim. Lekin eshaklar bo‘g‘izlanmagan. Terisi qimmat ekan degan gap bor. Bitta eshak terisi 100 dollar deyishdi”, deydi payariqlik yigit.

Ko‘kdala qishlog‘ining Hosa mahallasida yashovchi bir qariya ham qishloqda eshak o‘g‘rilari paydo bo‘lganidan xavotir bildirdi:

Hozir hammaning og‘zida shu eshak o‘g‘rilari haqidagi gaplar. Odamlar orasida vahima. Eshagi borlar kechasi eshagini ko‘chada qoldirmayapti. Bizda ham bitta eshak va kichkina eshak bolasi bor. Kechasi molxonaga sigirlar yoniga olib kirib, bog‘lab qo‘yyapmiz”, deydi ko‘kdalalik qariya.

“Kolbasa yemay qo‘ydik”

Ozodlik suhbatlashgan payariqliklarga ko‘ra, eshak o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlardan keyin odamlar “kolbasaga eshak go‘shti aralashtirilayapti” degan xavotir bilan kolbasa yemay qo‘ygan:

“Payariqda eshak o‘g‘riligi boshlanganidan keyin mahalliy aholi kolbasalarni eyishga qo‘rqib qoldi. Lekin shubhaga bormaslikning iloji yo‘qda. Chunki 1 kilo mol go‘shti 22-25 ming so‘m atrofida. Kolbasa esa go‘sht narxining salkam yarim narxida. Axir qayta ishlangan mahsulotni zararga sotishmaydiku?”, deydi payariqlik manba.

“Eshak o‘g‘rilaridan shikoyat bo‘lmadi”

Payariq tuman huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, keyingi bir oy ichida eshak o‘g‘irlash holati qayd qilinmagan:

“Men qayd daftarimizni bir oylik muddatini tekshirib chiqdim. Eshak o‘g‘irlash bo‘yicha bizga ariza tushmagan. Endi qishloq odamlari agar yirik buqa o‘g‘irlanmasa, mayda chorva mollari o‘g‘irlanishidan odatda ariza berishmaydi. Eshak biz tomonlarda sotilmaydi. Odamlar o‘zlari ko‘paytirib olishadi. Balki shuning uchun eshak o‘g‘irlansa ham ariza berishmaydi”, dedi tuman IIB xodimi.

Samarqanddagi eshaklar qabristoni
Samarqanddagi eshaklar qabristoni

Eshak terisini shilgan biznesmenlar sudlandi

O‘tgan yilning 15 dekabr kuni Samarqand shahri yaqinida “eshak biznesi” bilan shug‘ullangan guruh sudlandi.

Samarqandlik Shohrux Alibekov boshchiligidagi Davron Rabbimov, Elbek Ibragimov, Ulug‘bek To‘xtashev, Dilshod To‘xtamishevlardan iborat besh kishilik guruh Xishrav qo‘rg‘oni hududida eshaklarning sirli kushxonasi va go‘ristoni tashkil qilgani aniqlangan.

Ushbu mahkamani kuzatgan samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaevga ko‘ra, sud guruh a’zolarini "ma’muriy jinoyat sodir etish va hayvonlar bilan shafqatsiz muomala qilish"da aybdor deb topgan:

- Eshak biznesi bilan shug‘ullangan besh kishi aniqlanib, ular Samarqand tuman sudida ko‘rib chiqilib, sudlangan va beshoviga ham eng kam ishhaqining ikki barobari miqdorida jarima solingan,- deydi Rahmatullaev.

Jurnalist bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglaysiz:

Журналист Тошпўлат Раҳматуллаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:32 0:00
Бевосита линк

“Eshak go‘shti kolbasaga ishlatilmagan”

Sudlanuvchilar mahkamadagi ko‘rsatmalarida eshaklarni so‘yib, terisini o‘zlarida olib qolib, go‘shtini tashlandiq joy va suv havzasiga tashlashgani va suyaklarni maydalab tovuqlar uchun ozuqa sifatida foydalanilganini aytishgan.

Eshak terisi nimaga ishlatiladi?

Keyingi ikki yil mobaynida eshak terisiga qiziqish nafaqat O‘zbekistonda, balqi qo‘shni Qirg‘izistonda ham kuchaygan.

Qirg‘iz jurnalistlari o‘tkazgan surishtiruvga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda so‘yilgan eshaklarning terisi Xitoyga jo‘natiladi. Xitoyda esa eshak terisidan qimmatbaho dorilar tayyorlanishi aytiladi.

O‘zbekistonda eshak eng arzon uy hayvonlaridan biri hisoblanadi. Samarqandlik Hasanboy ismli chorva mollari bozori dallolining aytishicha, ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy, Bulung‘ur tumanlarida eshakni 40-50 ming so‘mga, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlarida esa eng sara eshakni 150 ming so‘mgacha sotib olish mumkin.

XS
SM
MD
LG