Линклар

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi 13 may kuni 900/1800 MGts diapazondagi radiochastota polosalarini O‘zbekistondagi to‘rtta mobil operatori o‘rtasida qayta taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qaror ortidan mamlakatdagi eng yirik mobil operatori o‘z ixtiëridagi radiochastotalarning qariyb yarmidan mahrum bo‘ldi.

Beeline - shikoyatchi

"Radiochastotalarimizning 47 foizini tortib olish misli ko‘rilmagan va regulyator tomonidan bizga nisbatan nihoyatda nodo‘stona harakatdir”¸ deyiladi Beeline bosh ijrochi direktori Dmitriy Shuxovning 15 may kuni matbuotga yoyinlangan bayonotida.

Shirkat rahbariga ko‘ra¸ kengashning birgina qarori Beeline faoliyatiga kamida 50 million dollar zarar yetkazadi va u shirkatning o‘tgan yil Toshkent bilan 2031 yilga qadar imzolagan kelishuvi bandlarini buzishdir.

Shu iddao bilan Beeline Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi ustidan Toshkent shahar Xo‘jalik sudiga shikoyat qilgan va bu shikoyatni ko‘rib chiqish¸ Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 23 may kunga belgilangan.

Beeline - avvalgi nomi VimpelCom¸ yangi nomi esa Veon Ltd.bo‘lgan bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan xalqaro telekommunikatsiya korporatsiyasining O‘zbekistondagi sho‘’basi.

Asosiy aksiyalari rossiyalik milliarder Mixail Fridmanga qarashli bu shirkat O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoriga 2005 yilda kirgan va endilikda tortib olingan radiochastotalarga 2006 yildan beri egalik qilib kelgan.

Bu radiochastotalar 47 foizning yo‘qotilishi shirkat faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi tafsilotlarga 15 may kuni na shirkatning Toshkent idorasi va na Amsterdamdagi bosh qarorogohida oydinlik kiritadigan mutaxassis topilmadi.

Rasmiy izoh

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatiga bevosita aloqador rasmiysi¸ vaziyatga oydinlik kiritdi.

“Kengash Beelinedan hech narsani tortib olgani yo‘q. U bor radiochastotatalrni to‘rtta operator o‘rtasida teppa-teng taqsimladi¸ xolos. Hozirgacha bu radiochastotatalarning qarib yarmi Beelinega tegishli edi. Shuning uchun¸ tabiiyki¸ bu qarorga faqat ular e’tiroz bildirayapti. Boshqalar¸ aksincha¸ bu qarordan xursand”¸ dedi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda vazirlik rasmiysi.

Bu mulozim¸ Beeline bosh menejerining¸ “Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi 2031 yilgacha tuzilgan kelishuv shartlarini buzdi”¸ degan iddaosini inkor qildi. Rasmiyga ko‘ra¸ bu kelishuvda regulyatorning radiochastotalarni istalgan payt bir tomonlama qaror bilan o‘zgartirishga haqli ekaniga oid band mavjud va shu bois kengashdagilarning sudda yutib chiqishga ishonchi komil.

“Mijozlarni yo‘qotmaslik uchun pul sarflash kerak bo‘ladi”

“Beeline 2006 yildan beri boshqalarga nisbatan imtiëzli sharoitda ishlab keldi. Uning abonentlari soni boshqaralardan ko‘pligini ham¸ ana shunday preferensiya bilan izohlash mumkin. Endi 10 millionga yaqin mijozni saqlab qolmoqchi bo‘lsa¸ berilgan olti oy muhlat ichida qaerdadir yangi stansiyalar qurishi¸ ishlab turganlarini qayta dasturlashi¸ berilgan radiochastotalarga moslashi kerak bo‘ladi. 50 million dollar zarar¸ degan gap¸ ana shu qayta moslashish xarajatlarini nazarda tutadi. Bu ishlar qilinmasa¸ Beeline aloqa sifati yomonlashadi va mizojlari soni ham kamaya boshlaydi”¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassisi.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi rasmiy bayonotida yozilishicha¸ radiochastotalarni qayta taqsimlash qaroridan ko‘zlangan maqsad respublikada radiochastota resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.

Rasmiy izohga ko‘ra¸ radiochastota polosalarining mobil aloqa operatorlari o‘rtasida uzuq-yuluq o‘lchamda, diapazonning turli qismlarida taqsimlangani O‘zbekistonda LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasining 4 avlod (4G) mobil aloqa standartini joriy qilishga to‘sqinlik qilgan.

Investorni xafa qilish yoki O‘zbekistonda internetni rivojlantirish?

O‘zbekiston hukumati mamlakatga xorij investorlarini jalb qilishga astoydil harakat qilayotgan ayni kunlarda bosh qarorgohi Hollandiyada joylashgan xalqaro telekomshirkati bilan sudlashish Toshkent hukumati uchun siyosiy jihatdan qimmatga tushmaydimi¸ degan savolga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddisi¸ hukumat shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘lganini aytadi.

“Albatta¸ hozir Beeline xorij investorini xafa qilishayapti¸ deb shovqin ko‘taradi. Lekin bu shirkatni xafa qiladigan qarorni olmaslik¸ O‘zbekistonni so‘nggi texnologiyalardan mahrum qilish bo‘lardi. Yo investorni xafa qilish¸ yo O‘zbekistonni internet texnologiyalari qoloq davlat sifati qoldirishdan birini tanlashda biz birinchisini tanlashga majbur bo‘ldik”¸ deydi vazirlik rasmiysi.

Beeline/VimpelCom yo‘qotishlari

11 may kuni 2017 yilning birinchi uch oyidagi faoliyatiga doir hisobotini e’lon qilgan Beeline o‘z daromadining 2016 yilning ayni davrga nisbatan 7 foizga kamayib¸ 156 million dollarga tushganini bildirgan edi.

Shirkat bu yo‘qotishni o‘zbek so‘mining muttasil devalvatsiya bo‘laëtgani bilan izohlagan edi.

2017 yilning birinchi uch oyi ichida O‘zbekistondagi Beeline mijozlari 9¸5 millionni tashkil etgan¸ ulardan 4¸6 millioni mobil internet xizmatiga ulangan.

2006 yili Beeline brendi ostida O‘zbekistonda ish boshlagan o‘shandagi VimpelCom, Yevropa va AQShda o‘zbek telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya tekshiruvlari davomida o‘zbek mobil aloqa bozoriga kirish uchun “Toshkentdagi nufuzli shaxs”ga 114 million dollar pora berganiga iqror bo‘ldi.

Bunday iqror ortidan AQSh Adliya vazirligi bilan erishilgan kelishuvga muvofiq VimpelCom¸ ishni ëpish uchun 795 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Aksiyalari AQSh qimmatbaho qog‘ozlar bozorida ochiq sotuvga qo‘yilgan VimpelCom o‘zbek korruptsiya janjali ortidan buzilgan imijidan qutulish maqsadida¸ o‘z nomini Veon Ltd. Qilib o‘zgartirdi¸ qator menejerlaridan voz kechdi.

XS
SM
MD
LG