Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:41

Shavkat Mirziyoev Ashxobod va Ar-Riyodga nima uchun bordi?


21 may kuni Mirziyoev musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. 
21 may kuni Mirziyoev musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19 may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi. 21 may kuni esa, Mirziyoev Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.

Mirziyoev Ashxobodda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning o‘zaro muzokaralaridan keyin "Avaza" kongress-markazida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA agentligiga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Turkmaniston energetika vazirligi va "O‘zbekenergo" AJ o‘rtasida elektr energiyani tranzit qilish va uzatish haqidagi hamfikrlik Memorandumi;

"Gazeta.uz"ga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha tuzilgan hujjat shanba kuni O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov hamda Turkmaniston enegretika vaziri Chorimurod Purchekov tomonidan imzolangan.

Manbaga ko‘ra, mazkur memorandum O‘zbekiston energotizimi orqali Turkmanistondan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi tranziti bo‘yicha hamkorlik rivojini ko‘zda tutadi.

Shuningdek, memorandum «Turkmanenergo»ning «O‘zbekenergo» oldidagi qarzini uzish hisobiga elektr energiyasini yetkazish masalalarini ham o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari quyidagi hujjatlar ham imzolangani xabar qilindi:

- Turkmanistonning atrof-muhit va yer zaxiralarini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasio‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik kelishuvi;

- Turkmaniston sport davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik hamda yopiq inshootlarda V Osiyo o‘yinlari va jangovar san’at turlari bo‘yicha o‘zbek sportchilarining ishtirokini tashkillashtirish haqidagi bayonnoma;

- "Turkmenxovayollari" xizmati va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi;

- "Turkmennebit" davlat kontserni va "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi.

Tomonlar, shuningdek, Ashxobod va Toshkent shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kelishuvi hamda Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvini tuzdilar.

Mirziyoev Ar-Riyodda

21 may kuni O‘zbekiston rahbari Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.

Sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari va AQSh Prezidenti, BMT, Arab davlatlari ligasi, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi bosh kotiblari ishtirok etdi.

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud forum ishtirokchilarini qutlar ekan, ularning ishtiroki sammit nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Sammit doirasida Shavkat Mirziyoev bir qator davlat rahbarlari bilan muloqotda bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev AQSh Prezidenti Donald Tramp, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashib, o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.

XS
SM
MD
LG