Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:24

A.Usmonov: “Tuf senga yana bir bor, Aleksey Navalniy!”


Milliarder Alisher Usmonov yangi chiqishida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bahs-munozaraga kirishmasligi va faqat sud orqali gaplashishini bildirdi. Bundan oldinroq Navalniy uni yuzma-yuz bahsda ishtirok etish va savollariga javob berishni talab qilgan edi.

Rossiyalik oligarx, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Aleksey Navalniyga yana bir bor javob qaytardi.

Bu videomurojaat ham Usmonovga tegishli bo‘lgan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida, biznesmenning yaqinda ochilgan sahifasida e’lon qilindi.

Gapni Alisher Burxonovich uni qo‘llab-quvvatlagan va hatto yomon so‘zlar bilan eslagan tinglovchilarga rahmat aytishdan boshladi.

- Men uchun o‘sha uslubda gapirish, sizlarga haqiqatni so‘zlash va o‘zimni yolg‘on va haqoratdan himoyalash juda muhim edi. Aleksey Navalniydan esa men bahsga chorlashni emas kechirim so‘rashni kutayotgan edim. Buning o‘rniga esa men navbatdagi haqoratlar, yolg‘on va bir tiyinga qimmat populizmni eshitdim, dedi xafaligini yashirmagan Usmonov.

Keyin Usmonov Navalniyni “hamma narsani tortib olib, bo‘lishni va’da qilgan” Bulgakovning “It yurak” asari qaxramoni Poligraf Sharikovga mengzadi.

- Ammo Sharikov, kitobga ko‘ra, oddiy besavod safsataboz bo‘lsa, sen undan ham uzoqqa borasan. Sen nafaqat shunchaki safsataboz – sen oliy mahoratli yolg‘onchisan, dedi Alisher Usmonov.

Rus tadbirkori Navalniy taklif etgan onlayn bahsdan voz kechdi va munozara faqat sudda bo‘lishini bildirdi.

"Tuf senga yana bir bor”, deya yakunladi navbatdagi chiqishini milliarder Alisher Usmonov.

Bundan oldinroq, Alisher Usmonov o‘z videomurojaatida muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniydan kechirim so‘rashni talab qilgan edi. Asli o‘zbekistonlik oligarx Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma (FBK) asoschisi Aleksey Navalniyni “jinoyatchi”, “besavod”, “ablah” va “omadsiz biznesmen” deb atagan edi.

Oligarxning arziga Korrupsiyaga qarshi jamg‘arma tomonidan e’lon qilingan jurnalistik videosurishtiruv sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG