Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:25

Tramp ham, Putin ham AQSh demokratlarini ayblamoqda


Rossiya va AQSh prezidetlari Vladimir Putin va Donald Tramp 30 may kuni Rossiyaning o‘tgan yili AQSh prezidenti sayloviga aralashgani to‘g‘risidagi iddaolarni demokratlar saylovda yutqazganini oqlash uchun to‘qib chiqargan “uydirma” va “soxta xabarlar” deb rad etdi.

Putin Fransiyaning “Le Figaro” gazetasiga bergan intervyusida Demokratlar milliy qo‘mitasining o‘tgan yili internetga sizdirilgan elektron pochta yozishmalarini olish uchun ularning serveriga buzib kirish buzib kirish va prezidentlikka demokratlardan nomzod Hillari Klintonni mushkul ahvolga solib qo‘yishga Rossiyaning aralashgani to‘g‘risidagi iddaolarni yana bir karra rad qildi.

Putin bunday iddaolarning paydo bo‘lishiga sabab «AQShdagi saylovda yutqazgan tomonning o‘zini oqlash istagi” sababli paydo bo‘ldi, deya ta’kidladi.

Putinning iddao qilishicha, AQSh demokratlari Rossiya haqida “uydirma gaplar” tarqatdi, chunki ularning “xalqqa yaqinroq bo‘lgan va odamlar nimani istayotganini yaxshiroq tushungan kishiga saylovda yutqazganini tan olgisi kelmaydi”.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti:

“Bu uydirmaga, AQShdagi saylovda yutqazgan kishilarning Rossiya qartasini o‘ynash, uni saylovga aralashganlikda ayblash bilan o‘z ahvolini o‘nglab olish istagiga asoslanadi. Saylovda yutqazgan, ammo amalda buni tan olishni, yutib chiqqan kishi xalqqa yaqinroq bo‘lgani va xalq nimalarni istashini yaxshiroq tushunganini tan olgisi kelmayapti. Ular buni e’tirof etishni xohlamayapti. Ular o‘ziga ham, boshqalarga ham bunga hech qanday aloqasi yo‘qligini, yaxshi siyosat yuritganini, har bir ishni a’lo darajada bajarganini, ammo kimdir chetdan kelib, ularni aldaganini isbotlamoqchi bo‘lyapti. Lekin bu – bo‘lmagan gap”.

Kecha Tramp Tvitterda Rossiya rasmiy kishilari “AQShning ustidan, demokratlar saylovda yutqazgani uchun o‘ylab topgan kurakda turmaydigan bahonalar soxta xabarlarga asos bo‘layotganidan kulayotgan bo‘lsa kerak”, deb yozdi.

Joriy oyda AQSh Adliya vazirligi o‘sha iddaolarni va Trampning yordamchilari kampaniya vaqtida va undan keyin Rossiya bilan til biriktirgani yoki biriktirmaganini tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlagan edi.

Putinning Tramp davrida ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga bo‘lgan umidiga tergovlar va ushbu masalaga Qo‘shma Shtatlarda berilayotgan qattiq e’tibor putur etkazdi.

Putin zikr etilgan intervyusida Rossiyaning aralashuvi haqidagi ayblovlar xalqaro munosabatlarni beqarorlashtirganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Moskva uchun AQShda saylov jarayoniga ta’sir ko‘rsatishga intilish befoyda, chunki kuchli prezident ham Vashingtondagi hokimiyat tuzilmasining Rossiyaga nisbatan noxolis qarashlariga barham bera olmaydi.

Putin Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash borasidagi kuchli istagini u o‘z lavozimini bajarishga kirishdan so‘ng Vashington byurokratiyasining yor bermasligi yo‘qqa chiqardi, deb aytdi va bu holni Rossiyaga qarshi uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan antogonizm deb atadi.

Shon Spayser, Oq Uyning matbuot kotibi:

“Menimcha, bu ko‘p narsani anglatadi. Janob Kushnerning advokati u Kongress oldida o‘sha uchrashuvlar xususida bilgan narsalarini o‘z ixtiyori bilan gapirib berishga qaror qilganini, mabodo murojaat qilinsa, har qanday tergov masalasida xuddi shunday yo‘l tutishini aytdi”.

Rossiya rahbari, men Trampning saylov kampaniyasi vaqtida, demokratlarning elektron pochtalarini buzib kirish ortida istalgan odam turgan bo‘lishi mumkin, lekin Rossiya emas, degan gapiga qo‘shilaman, deb aytdi.

Ammo yanvarь oyida Trampning endi ish boshlayotgan shtabi boshlig‘i, Tramp “Rossiyadagi idoralar” Demokratlar partiyasiga hujumlar ortida turgan bo‘lishi “faktini qabul qiladi”, deb aytgan edi.

Putinga ko‘ra, Vashingtondagi Tramp bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalarga qiziqish pirovardida so‘nadi va munosabatlar yaxshilanishiga yordam beradi.

XS
SM
MD
LG