Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:41

Rossiyaning 4 shahriga 1 iyundan 12 iyulgacha boradiganlar nimalarga e’tibor berishi kerak?


1 iyundan 12 iyulgacha Rossiyaga kirib kelayotgan chet el fuqarolari Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlarida bir sutka davomida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Aks holda ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Rossiya prezidentining "2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbir o‘tkaziladigan vaqtda Rossiyaning 4 yirik shahrida chet el fuqarolarini migratsiya qaydiga olish (registratsiya) tartibi o‘zgartirildi.

Migratsiya qaydiga turishning yangi tartiblariga oid savollar bilan Ozodlik Sankt-Peterburgdagi “Alyans-Trudovaya migratsiya” kompaniyasi yuristi Yelena Ribokonga murojaat qildi.

1. 1 sutkada qayddan o‘tish aytildi. Shanba, yakshanba kuni kirib kelganlar nima qiladi?

- To‘g‘ri, chet ellik bir sutka davomida migratsiya qaydiga turmog‘i lozim. Agarda siz shanba kuni kechqurun kelgan bo‘lsangiz, yakshanba kuni davomida qayddan o‘tishga vaqtingiz bo‘ladi. Moskvada patent beradigan joy – Saxarovo markazida, Sankt-Peterburgda – Tekstilshchiki tumanidagi markazlar haftasiga yetti kun ishlaydi va migratsiya qaydiga siz o‘sha erda turishingiz kerak. Ya’ni, ham shanba, ham yakshanba kuni qayddan o‘tish imkoni mavjud.

2. Migratsiya qaydiga turgan shaxsga qanday hujjat beriladi?

- Migratsiya qaydi to‘g‘risidagi hujjat yoki vaqtinchalik registratsiya. Ilgari Rossiyaga kelgan xorij vatandoshlari 7 kun davomida qaydga turishlari lozim edi. Endilikda,1 iyun-12 iyul kunlari, ular 1 kun davomida registratsiya olishlari shart. Shunchaki, biz siz bilan “registratsiya” deb ishlatadigan ibora qonun bo‘yicha “migratsiya qaydi” deb ataladi.

3. Bu tartib qanday hujjatda belgilangan?

- Bu Rossiya prezidenti farmonida aks etgan. 2017 yilning 9 mayida qabul qilingan 202-sonli "Rossiya Federatsiyasida 2018-yilgi futbol bo‘yicha Jahon Chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida”gi farmonidir.

2017-yilgi Konfederatsiya kubogi o‘yinlarini snayperlar qo‘riqlaydi
2017-yilgi Konfederatsiya kubogi o‘yinlarini snayperlar qo‘riqlaydi

4. Bunday qoidaning joriy qilinishiga nima sabab?

- Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan FIFA Konfederatsiyalar kubogi bilan bog‘liq xavfsizlik chorasi o‘laroq joriy etildi. Ayni holat 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida ham kiritiladi. Xususan, 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida shaharlariga kelgan chet el fuqarolari bir kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shaharlarda chempionatlar davomida kuchaytirilgan nazorat tizimi joriy qilinadi.

5. Qaydga turishning yangi tartiblari oldingisidan yana nimalar bilan farqlanadi?

- Eng muhimi – migratsiya qaydiga bir sutka davomida turish kerak. Shuningdek, bizda, Peterburgda, pochta xizmati orqali ilgari registratsiya qilish mumkin edi: Konfederatsiya kubogi o‘tkazilishi davomida pochta migratsiya qaydlarini qabul qilmaydi! Shu sababli, barcha migrantlar Peterburgda - Tekstilshchiki, Moskvada – Saxarovo markaziga shaxsan o‘zlari borib qaydga turishlari kerak. Ammo, odam ko‘pligini hisobga olib, u yerda katta navbatlar yuzaga kelishini ham inkor etmayman.

6. Agarda muhojir qaydga turishga ulgurmay qolsa nima bo‘ladi?

- Bu ma’muriy qonunbuzarlik bo‘ladi. Ular Rossiya hududidan chiqib, qayta kirishga majburdir.

7. Bu tartib Rossiyaga kirib kelayotgan barcha xorijlikka tegishlimi yoki faqat migratsiya kartasida “ishlash uchun” deb belgi qo‘yganlargami?

- Bu tartib Rossiyaga kirib kelayotgan barcha xorij grajdanlariga taaluqli. Aytishim lozimki, nazorat kuchaytirilgan hududlarga vaqtinchalik yashashga kelayotgan Rossiya grajdanlaridan ham kelganidan 3 sutka davomida Ichki ishlar vazirligining tegishli idorasiga kelib, vaqtinchalik qaydga turishlari zarur.

8. Prezidentning bu farmoni joriy qilingan shaharlarni sanab o‘tsangiz.

- Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlari.

“Альянс-Трудовая миграция” компанияси юристи Елена Рибокон билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:53 0:00
Бевосита линк

Suhbat so‘ngida yurist Yelena Ribokon migratsiya qaydiga turish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxatini keltirdi:

1) Pasport nusxasi (1-chi beti va chegarani kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi belgilar qo‘yilgan sahifasi);

2) Migratsiya kartasi nusxasi.

XS
SM
MD
LG