Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:11

Berdimuhamedov Turkmaniston aholisi uchun imtiyozlarni bekor qilishga topshiriq berdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatga mamlakatdagi mavjud ijtimoiy imtiyozlar tizimini bekor qilish to‘g‘risida topshiriq berdi. U ushbu tizimni samarasiz deb hisoblaydi, deb xabar beradi Turkmanistonning davlatga qarashli axborot agentligi.

Turkmanistonning ilk prezidenti Saparmurot Niyozov 1993 yili joriy qilgan ushbu imtiyozlarga ko‘ra, mamlakat aholisi shu paytgacha suv, tabiiy gaz va elektr quvvatidan bepul foydalanayotgan edi.

Ozodlik radiosi Turkmanistondagi iqtisodiy vaziyat tobora yomonlashib borayotgani, oziq-ovqat mahsulotlari narxi to‘xtovsiz ko‘tarilayotgani, byudjetdan maosh oluvchilarning oyliklari kechikib to‘lanayotgani, ishsizlar soni oshib borayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqda. Shunga qaramay, hokimiyat idoralari davlat mablag‘larini qimmatbaho binolar qurilishiga sarflamoqda. Faqat rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, shu kungacha ushbu sohaga 50 milliard dollar xarajat qilindi.

2017 yil 1 yanvaridan beri Turkmanistondagi eng kam ish haqi miqdori 650 manat (Turkmaniston Markaziy bankinign rasmiy kursi bo‘yicha 185 AQSh dollari – tahririyat) qilib belgilangan.

Turkmaniston – Markaziy Osiyo va dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri.

U dunyoda tabiiy gaz konlari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi, biroq BMT ma’lumotlariga asosan, ushbu sobiq sovet respublikasi aholisi qashshoq yashaydi.

Huquq himoyachilari Berdimuhamedovni inson huquqlarini buzish, muxolifatni siquvga olish va so‘z erkinligi yo‘qligida ayblab keladi.

XS
SM
MD
LG