Линклар

FTB sobiq direktori Komi Trampning so‘zlarini "topshiriq" deb tushunganini aytdi


FTB sobiq direktori Jeyms Komi AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinni tergov qilmaslik haqidagi talabini "topshiriq" deya qabul qilganini aytdi.

Senatning Razvedka Qo‘mitasiga 8 iyun kuni gapirgan Komi "Men uning so‘zlarini uning istagi deya qabul qildim, " dedi.

Komi bergan yozma guvohligida Tramp bilan ikkovi 27 yanvar kuni kechki xususiy ziyofatda birga bo‘lgani va ovqatlanish vaqtida Tramp undan, bundan buyon ham FTB direktori bo‘lib qolishni istaysizmi, deb so‘ragani aytiladi. Komi nomzodini ushbu lavozimga Trampning o‘tmishdoshi Barak Obama ko‘rsatgan edi.

14 fevralda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa Komining aytishicha, prezident Tramp unga, "umid qilamanki, buni o‘tkazib yuborish yo‘lini bilasan. Flin yaxshi yigit. Umid qilamanki, sen buni o‘tkazib yuborasan, " deb aytgan.

Komi Trampning " umid" so‘zini " topshiriq sifatida tushunganini aytdi.

Trapm Komini 9 may kuni ishdan bo‘shatgani Vashingtonda shovshuv qo‘zg‘atdi va uning prezidentligiga yanada quyuqroq ko‘lanka tashladi, ya’ni Tramning yordamchilariruslar va boshqa chet ellik rasmiy kishilar bilan aloqa qilgani xususidagi gumonu ta’nalarga sabab bo‘ldi.

FTB tergovidan tashqari, Senatning Razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va Vakillar palatasining kamida bitta qo‘mitasi ushbu aloqalarning tabiatini o‘rganib, AQSh razvedka hamjamiyatining Rossiya 2016 yilgi saylov kampaniyasiga aralashgani va uni natijasini Tramp foydasiga og‘idrmoqchi bo‘lgani haqidagi xulosalarini ko‘rib chiqmoqda.

XS
SM
MD
LG