Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:07

OzodDayjest: Toshkent propiskasini 14,5 ming dollargacha pullagan jinoiy guruh fosh etildi


Parlament onkologik kasalliklar dori-darmoni qimmat ekanini tanqid qildi. Poytaxt pasport stolida ishlagan xodimlar propiska uchunminglab dollar pora olgani aniqlandi. BMT bosh kotibi O‘zbekistonga kelmoqda. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Deputat: Onkologik kasalliklar dori-darmoni qimmat ekani aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator tibbiyot muassasalari, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi rahbarining hisoboti eshitildi (“Jamiyat”, 2 iyun). Deputat Muxtabar Hasanova markaz rahbarini “Onkologik kasalliklarni davolash preparatlari juda qimmat. Bu aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Markaz tomonidan bu muammolarni hal etish yuzasidan qanday ish olib borilyapti?” deya savolga tutgan. “Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ajratilgan imtiyozli dori vositalari, davolash kurslari asosida onkologik bemorlarning 33 foizini qamrab olyapmiz, xolos. Qolgan 67 foiz bemorlar kimyoviy terapiya dorilarini chetdan olishga majbur bo‘lmoqda” deya mavjud muammoga e’tibor qaratgan Markaz direktori Mirzag‘olib Tillashayxov. Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimining boshlang‘ich bo‘g‘inlarida onkologiya mutaxassislari yetishmayapti.

“14400 dollar bersangiz, Toshkentga doimiy propiskaga qo‘yamiz”

Toshkent shahri Yashnobod tumani IIB Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari noqonuniy ravishda doimiy propiskaga qo‘yish evaziga 20 dan oshiq vatandoshdan katta miqdorda mablag‘ olgani aniqlandi (“Darakchi”, 8 iyun). Tuman pasport stolida ishlagan ikki nafar ayol Toshkentda doimiy propiskadan o‘tish niyatida bo‘lgan o‘ziga to‘q viloyatliklardan 2000 dollardan 14400 dollargacha pora olgan hamda ularning pasportiga noqonuniy ravishda dumaloq gerbli muhr va shtamp bosib bergan. Yashash joyi sifatida esa duch kelgan uy raqamini yozib, hujjatlarni soxtalashtirgan. Qayd etilishicha, doimiy propiska uchun pul bergan vatandoshlar orasida talabalardan tortib, yoqilg‘i quyish shaxobchasi operatoriyu direktor kotibasi va dispetcherlar ham bor. Doimiy propiskaga qo‘yishdan pul ishlagan guruh a’zolari Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida ayblanib, javobgarlikka tortilgan. “Biz mazkur maqolaga jinoyat ishiga tegishli barcha tafsilotlarni sig‘dira olmadik, chunki zanjirni eslatuvchi bu voqea shunchalik uzundan-uzoq ediki, unda nomlari keltirilgan odamlaru barcha voqea-hodisalar haqida ma’lumot berish imkoniyatimiz cheklangan”, deydi IIB huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi Tal’at Elbekov.

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonda Orol fojiasi oqibatlarini muhokama qiladi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrash Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 9 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi (“XXI asr”, 8 iyun). Ikki tomonlama muzokaralarda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik, xalqaro masalalar, shuningdek, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etiladi. BMT Bosh kotibi A.Guterrash Samarqand, Nukus va Mo‘ynoq shaharlariga borishi ko‘zda tutilgan.

XS
SM
MD
LG