Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:44

Yangi izlanishlar ongli odam bundan 300 ming yil avval paydo bo‘lganini ko‘rsatdi


Nature ilmiy jurnalida chop etilgan ikki ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra, Marokashda topilgan qazilmalar homo sapiens, ya’ni ongli odam haqida so‘nggi yigirma yil ichida shakllangan qarashlar noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Bu paytgacha ajdodlarimiz bundan taxminan 200 ming yil oldin Sharqiy Afrikada yuzaga kelgan, deb ishonilardi.

Yangi topilgan qazilmalar inson evolyutsiyasi daraxtini hamda odamlarning ajdodi hisoblangan ayrim mavhum guruhlar haqidagi qarashlarni o‘zgartirishi mumkin.

Ikki guruh olim Marokash shahri yaqinidagi Jabal Irhud arxeologik kompleksida qadimda yashagan besh kishining suyaklarini hamda ular hayvonlarni ovlash va so‘yish uchun qo‘llangan tosh asboblarni topishgan.

Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Evolyutsion antropologiya instituti xodimi Jan-Jak Hablin “Bu material bizning turimizning tomiri, Afrika yoki boshqa hududda topilgan eng qadimiy homo sapiensdir”, dedi.

Bundan avval eng qadimgi homo sapiens qoldiqlari deb Habashistonda topilgan, bundan 195 ming yil avval yashagan odamlar suyaklari ko‘rilar edi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yangi izlanishlar insoniyat beshigi faqat Sharqiy Afrika emas, balki butun materik bo‘lganini ko‘rsatadi.

Qazilmalarning yoshi termolyuminessensiya yordamida aniqlangan. Mazkur uslub tosh materiallarning quyosh, vulqon yoki inson yoqqan olov chiqargan issiqlik yuzaga keltiradigan radiatsiyaga to‘yinishini aniqlashga tayanadi.

Olimlar Jabal Irhuddagi topilmalar yoshini aniqlash uchun uch voyaga etgan shaxs, bir o‘smir hamda bir yosh bolaga tegishli bosh suyagi, tish va boshqa suyak qoldiqlari bilan birga topilgan chaqmoqtosh bo‘laklari yordamida aniqlashgan.

XS
SM
MD
LG