Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:21

YuNISEF kaltaklab o‘ldirilgan o‘quvchi Jasur ishi bo‘yicha bayonot tarqatdi


Toshkentda Tibbiyot kollejidagi janjalda kaltaklab o‘ldirilgan Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bayonot tarqatdi. Vakolatxona o‘quvchilar orasida zo‘ravonlik ortayotganidan xavotir bildirdi va muammoni hal qilishda O‘zbekiston hukumatiga yordamini taklif qildi.

Vakolatxona rahbari Sasha Garumann nomdan tashkilot rasmiy saytida chop etilgan bayonotda, avvalo, Jasurning oilasiga hamdardlik bildirilgan.

So‘ngra o‘quvchilar orasida zo‘ravonlik ortib borayotgani, aksar hollarda kattalar va bolalar bu zo‘ravonliklarni aytmasligi, ko‘z yumishidan xavotir bildirilgan.

Bayonotda YuNISEF vakolatxonasi rahbari bu muammoni hal qilishda O‘zbekiston hukumatiga 6 yo‘nalishda yordamini taklif qildi:

"Quyidagi oltita strategiya ko‘pgina mamlakatlarda foydali deb topildi: 1) ota-onalar, bolani parvarish qiluvchilar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash; 2) bolalar va o‘smirlarga xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishni boshqarishda yordam berish; 3) zo‘ravonlik va tahqirlashga olib keluvchi munosabat va ijtimoiy normalarni o‘zgartirish; 4) muallimlar va rasmiy shaxslarni bolalarga tegishli xizmat ko‘rsatish borasida o‘qitish; 5) bolalarni himoya qiluvchi qonun va siyosatni amalga oshirish; va 6) ma’lumotlarni yig‘ish va tadqiqotlar o‘tkazish", deyiiladi bayonotda.

17 yashar Jasurbek Ibrohimov 3 may kuni Tashkentdagi P.F. Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji yonida kaltaklangan. Hodisadan so‘ng u shifoxonada 5 bora jarrohlik amaliyotdan o‘tdi, ammo 1 iyun kuni vafot etdi.

4 iyun kuni Toshkentning "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘ida Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan adolatli tergovni talab qilayotgan oilasini quvvatlagan yuzlab odam yig‘ildi.

Toshkent shahar IIBBning Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev yig‘ilganlar bilan uchrashdi va shaxsan o‘zi, jinoyatchilar aniqlanib, jazolanishini va’da qildi.

5 iyun kuni esa O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bu ishning tergovini respublika Bosh prokurori o‘z nazoratiga olganini bildirdi.

"Jinoyat ishi 2017 yil 4 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga qabul qilingan. To‘plangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi... Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi", deyildi, jumladan, Bosh prokuratura bayonotida.

Talaba Jasur Ibragimovning o‘limi ortidan u o‘qigan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yusupova va yana ikki muallim o‘z arizasiga binoan ishdan olindi.

XS
SM
MD
LG