Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

O‘quvchisi urib o‘ldirilgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilishi aytilmoqda


Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji
Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji

Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining o‘qituvchilari 15 iyun kuni favqulodda majlisga chaqirilib, kollej yopilishi mumkinligi haqida og‘zaki ogohlantirilgan. Ozodlik bilan gaplashgan o‘qituvchi kollejning yopilib, o‘quvchilarning boshqa kollejlarga tarqatib yuborilishi ehtimoli borligini, lekin bu haqda hali rasmiy buyruq chiqmaganini ta’kidladi. Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejidagi tekshiruvlar o‘quvchi Jasur Ibrohimovning kaltaklab o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan edi.

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida 15 iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisda qatnashgan o‘qituvchilardan birining aytishicha, direktor vazifasini vaqtincha bajarib turgan mulozim, kollej o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi haqida gapirgan:

“I.o. direktorning aytishicha, hozircha bu faqat og‘zaki aytilgan, lekin kollejning yopilishi haqida hozircha rasmiy buyruq chiqmagan”, dedi ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlaridan birining aytishicha, tibbiyot kollejini yopish to‘g‘risida, majlislardan birida, shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zi ko‘rsatma bergan:

“Bizning bilishimizcha, Jasur Ibragimovning o‘limi haqidagi voqea prezidentning o‘ziga yetib borgan. O‘tkazilgan majlislardan birida shu haqda gap bo‘lgan. Prezidentning o‘zidan kollejni yopish haqida topshiriq bo‘lgan. Lekin hozircha hech qanday rasmiy hujjat yo‘q. Qachonki Vazirlar Mahkamasidan bu haqda buyruq kelsa, keyin hammasi aniq bo‘ladi. Bu hukumatning qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq”, dedi vazirlik mulozimi. Lekin u Prezident bu gapni aynan qachon va qaysi majlisda aytganiga aniqlik kiritmadi.

Mulozimning aytishicha, agar kollejni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, 2- va 3- kurs o‘quvchilari shahardagi boshqa tibbiyot kollejlariga tarqatiladi.

Tibbiyot kollejining o‘zini tanishtirmagan mulozimi bu yil kollejning birinchi kursiga qabul imtihonlari to‘g‘risida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o‘quvchisi Jasur Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan.

Keyin esa 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi.

Hozirda jinoyatga aloqador shaxslar doirasini aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Ibrohimovning o‘limi bo‘yicha bir talaba yigit hibsga olingan.

Jasur Ibrohimovning o‘limi ortidan u o‘qigan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yusupova va direktorning ikki o‘rinbosari ishdan haydaldi.

Hozirda Gulchehra Olimova vaqtincha kollej direktorligiga tayinlangan. Direktorning ikki o‘rinbosari lavozimiga ham vaqtinchalik muovinlar tayinlangan.

Jasur Ibrohimovning 1 iyun kuni olamdan o‘tgani haqidagi xabar 3 iyun kuni tushdan so‘ng Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar tomonidan shiddat bilan yoyildi va O‘zbekistonda shu paytgacha misli ko‘rilmagan ijtimoiy faollikni keltirib chiqardi.

500 ga yaqin odam Jasur Ibrohimov oilasini qo‘llab-quvvatlab, aybdorlar jazolanishi talabi bitilgan petitsiyaga imzo chekkan.

Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bayonot tarqatib, o‘quvchilar orasida zo‘ravonlik ortayotganidan xavotir bildirdi va muammoni hal qilishda O‘zbekiston hukumatiga yordamini taklif qildi.

XS
SM
MD
LG