Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:49

Tojik advokati hujjatlarni qalbakilashtirib, 10 kishini qamoqdan olib chiqdi


Dushanbe sudi
Dushanbe sudi

O‘nlab mijozlarning ko‘nglini olgan To‘ra Sunnatovga Tojikistondagi eng omadli advokatlardan biri sifatida qaralayotgan edi. U ikki yilga yetar-yetmas vaqt mobaynida 10 nafar mahkumni qamoqdan chiqarishga, yana 16 kishining qamoq muddatlarini kamaytirishga ulgurdi.

Biroq prokurorlarning aytishicha, bu ishlarning chatog‘i bor ekan – o‘sha chatoqdan mijozlarning ham xabari bo‘lmagan.

Sunnatov o‘zi iddao qilayotganiday, hech bir qonuniy ish qilmagan, buning o‘rniga hujjatu xatu imzolar, shuningdek, sudyalar va sudlar, hatto Tojikiston Oliy Sudi muhrlarini qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelgan.

Natijada, 38 yashar dushanbelik sobiq mahkum "xizmati" uchun yuzlab dollar haq olgan.

O‘rtacha oylik daromad 100-150 dollardan oshmaydigan mamlakatda bu ancha-muncha pul ekanini bilib olish qiyin emas, ammo ko‘plab oilalar qarindoshlarini qamoqdan olib qolgani uchun shuncha pulni to‘lashga ham jon-jon deb rozi bo‘lgan.

Hech narsadan gumoni yo‘q mijozlar qalbaki hujjatlarni qamoqxonalarga olib borib beravergan, u yerdagi "boqibeg‘am" nozirlar esa ularni haqiqiy sud hukmi, deb olib qolavergan, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Unda aytilishicha, yasama muhri va imzolari bo‘lgan qalbaki hujjatlar bahona 2015-2016 yillarda 10 nafar mahkum ozod etilgan. Yana o‘nlab kishilar "axloq tuzatish muassasalari"dan sharoiti birmuncha qulay oddiy qamoqxonalarga o‘tkazilgan.

Hokimiyat idoralari endi, Sunnatovning o‘zini ham jalb qilgan holda, muddatidan oldin chiqarib yuborilgan mahkumlarni qamoqqa qaytarishga urinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘nlab mahkumlar axloq tuzatish lagerlariga qaytarildi, yana o‘shancha mahkumlarga qamoq muddati kamaytirilmagani xabar qilindi.

Bosh prokuraturaning katta tergovchisi Bahriddin Isozodaning aytishicha, Sunnatovga hujjatlarni qalbakilashtirish va tovlamachilik aybi qo‘yilmoqda, ushbu ayblovlarning har biri uchun besh yildan qamoq jazosi berilishi ko‘zda tutilgan.

Sunnatov 2008 yili hujjatlarni qalbakilashtirish aybi bilan uch yilga kesilgan edi, ammo o‘sha ilk sud tafsilotlari ma’lum emas.

Sunnatovning jinoyatiga "yordam berib", sherik bo‘lgani uchun dushanbeklik ikki nafar oqlovchi va bir nafar qamoqxona noziri hibsga olindi, deydi Isozoda.

Sunnatovning tergov hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchining hujjatlarni "aql bovar qilmas tarzda qalbakilashtirishi" va "qonnuni qo‘llovchi idoralar xodimlarining boqibeg‘amligi" ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan jinoyat ishi sodir etilishiga zamin hozirlagan.

Hujjatga ko‘ra, gumon qilinuvchilarga jinoyat sodir etishi uchun, bor-yo‘g‘i, kompyuter, skanner va oddiy qog‘oz kerak bo‘lgan, xolos, buning uchun hatto uydan chiqish ham shart bo‘lmagan.

Bir holatda Sunnatovdan 2500 AQSh dollari evaziga sakkiz yilga kesilgan ayol mahkumni qamoqdan chiqarib berish iltimos qilingan.

Boshqa bir holatda esa sakkiz yilga kesilgan erkak mahkumning qamoq muddatini yarmiga kamaytirib berish so‘ralgan.

Ikkala holatda ham Sunnatovning Oliy Sud sudyalarining imzo va muhrlarini qalbakilashtirgani gumon qilinmoqda.

Tergovchilarga yaqin manbaning Ozodlik muxbiriga xabar qilishicha, imzolari qalbakilashtirilgan ayrim sudyalarning Sunnatov ishi ko‘riladigan sud majlisida qatnashishi kutilmoqda.

Hokimiyat idoralari majlis qachon bo‘lishini oshkor qilmadi.

Ismi ochiqlanishini istamagan va OAV vakillari bilan gaplashish vakolatiga ega bo‘lmagan bir kishi ayrim amaldorlar gumon qilinuvchi o‘zlarining imzosini qalbakilashtirganini eshitib, hayratdan yoqa ushlaganini aytmoqda.

Sunnatov o‘tgan yil dekabrida bir ishi bitmay qolgan mijoz hokimiyat idoralariga arz qilgandan so‘ng qamoqqa olingan edi.

XS
SM
MD
LG