Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:19

Markaziy bank qarori kredit olganlarni bankrot qilishi mumkin


O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 28 iyundan boshlab qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ozodlik suhbatlashgan moliyachilar¸ bu harakatni ham O‘zbekistonda valyuta erkin konvertatsiyasini joriy qilish yo‘nalishidagi navbatdagi qadam sifatida baholadilar.

Markaziy bank tijorat banklariga beradigan mablag‘ uchun to‘lanadigan ustama foiz darajasini 24 iyun kuni avvalgi 9 foizdan 14 foizga chiqardi.

Bu esa¸ Ozodlik suhbatlashgan moliya tizimi mulozimlariga ko‘ra¸ keyingi 15 yil ichida O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasini birinchi marta ko‘tarishidir. Aytilishicha¸ avvalgi rais Fayzulla Mullajonov davrida inflyatsiya darajasini sun’iy ravishda pasaytirish siyosatini tutgan Markaziy bank¸ keyingi yillar davomida bu stavkalarni faqat kamaytirib kelgan.

Markaziy bank o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan baënotda “mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlandi".

Ozodlik bilan suhbatda Moliya vazirligining sobiq mulozimi Saparboy Jubaev¸ bugungi real vaziyat stavkalarni oshirish zaruratini tug‘dirganini aytadi:

- Hozir O‘zbekistonda narx-navo o‘sib ketayapti¸ ya’ni inflyatsiya kuchayib bormoqda. Narxlarning o‘sish sababi esa¸ iqtisodda pulning ko‘payib ketishi bilan bog‘liq. Iqtisoddagi pulni kamaytirish uchun stavka oshirilayapti. Masalan¸ o‘tgan oylarda odamlar 15 foizga yugurib borib kredit olgan bo‘lsa¸ endi 20-25 foizga olishdan oldin o‘ylab ko‘radi. Korxona yoki tijoratchilarning ko‘pi¸ buni qanday to‘layman¸ deb olmay qo‘ya qoladi. Bunday vaziyatda¸ nazariyaga ko‘ra¸ iqtisoddagi pul miqdori kamayib¸ inflyatsiya darajasi pasaya boshlaydi¸ - deydi o‘zbekistonlik moliyachi¸ Ostonadagi Yevroosiyo iqtisodiyot universiteti dotsenti Saparboy Jubaev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:35 0:00
Бевосита линк

Ozodlik suhbatlashgan ayrim mutaxassislar¸ Markaziy bankning bu harakatini inflyatsiya barobarida xorijiy valyutalar rasmiy kursi ham muttasil o‘sib borayotgan hozirgi sharoitda qabul qilmaslikning iloji bo‘lmagan qaror sifatida baholadilar.

Ismi keltirilishini istamagan o‘zbekistonlik bank xodimlaridan biriga ko‘ra¸ “bunday sharoitda stavkaning oshirilmasligi devalvatsiyaning qator effektlarini yo‘qqa chiqarishi¸ asosiysi¸ xo‘jalik sub’ektlarining spekulyativ maqsadlarda kredit talabini karrasiga oshirib, iste’mol tovarlari bozorida yuqori inflyatsiya bosimini yaratgan bo‘lar edi”.

Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirgan ayrim mutaxassislarga ko‘ra¸ O‘zbekiston Markaziy bankining 27 iyun kuni so‘mning xorij valyutalariga nisbatan rasmiy kursini 20-25 foizgacha oshirishi kutilmoqda. Ekspertlar¸ bu ehtimoliy harakatni ham mamlakatda valyuta erkin konvertatsiyasi joriy etish oldidan mavjud bir necha kursni birlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishini taxmin etmoqda.

Aholi va tadbirkor shu paytgacha olgan kreditiga qo‘yilgan foiz oshadimi-qoladimi?

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini oshirishi ortidan¸ ekspertlar izohicha¸ aholi¸ tadbirkor va korxonalarning tijorat banklaridan oladigan qarzi stavkasi ham¸ kamida 6-10 foizga oshadi va hozirgacha 9-16 foizlik stavkada berilgan kreditlar¸ 28 iyundan 20-25 foizga ko‘tariladi.

Markaziy bank qaroridan keyin ochiq qolayotgan savol¸ stavkalarning oshishi 28 iyundan keyin rasmiylashtiriladigan kreditlargagina tegishli bo‘ladimi¸ yoki bank boshqaruvi hozirgacha tuzilgan barcha shartnomani qayta ko‘rib chiqish haqida buyruq beradimi¸ degan savoldir.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim mutaxassislar¸ bu borada “shokovaya terapeya” yo‘lidan borib, Markaziy bank shartnomalarni yoppasiga qayta ko‘rib chiqishga qaror qilishi mumkinligini bildirdi.

Ayni paytda¸ O‘zbekiston bank tizimi rasmiylaridan biri¸ Markaziy bankning hozirgacha tuzilgan kredit kelishuvidagi shartlarga rioya qilishini bildirdi.

“Agar kredit shartnomasida foiz stavkasi fiksidlangan (aniq belgilangan) ko‘rinishda qayd etilgan bo‘lsa¸ o‘sha foiz stavkasi belgilangan muddat ichida o‘zgarishsiz qoladi. Lekin¸ agar kredit shartnomasida foiz stavkasini belgilab¸ unga qo‘shimcha ravishda yoniga qayta moliyalashtirish stavkasi o‘zgargan holatda foiz stavkasi ham o‘zgaradi¸ deb ëzilgan bo‘lsa¸ yana foiz qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘langan bo‘lsa¸ unda o‘zgaradi¸ ya’ni bugungi sharoitda¸ foiz oshadi. Hammasi kredit shartnomasidagi shartlarga bog‘liq”¸ dedi o‘zbekistonlik bankirlardan biri.

Ozodlik suhbatlashgan bank xodimlariga ko‘ra¸ O‘zbekistonda ikkala shart bilan tuzilgan kredit kelishuvlari mavjud va shu bois¸ kredit olgan aholi va korxonalarning qariyb yarmi¸ bundan keyin qarzi uchun qimmatlashgan stavka to‘lashga majbur bo‘ladi.

“Bu oshish¸ yosh oilalarga berilgan har xil kreditlar¸ xususan¸ ipoteka qarzlariga tegishli. Shu paytgacha ular¸ ochig‘i¸ mazza qilib kelgan. Chunki qariyb 13 yildan beri qayta moliyalash stavkasi faqat pasaytirib kelindi. Shuning uchun vahima qilishga hojat yo‘q¸ zotan¸ 14 foizlik stavka ham¸ hozirgi sharoitda juda katta emas. Markaziy bank boshqaruvi har uch oyda bu stavkalarni muhokama qiladi va mabodo vaziyat o‘zgarsa¸ bu stavkalar pasytirilishi ham mumkin"¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan bank xodimlaridan biri.

Shavkat Mirziyoev prezidentlikka kelganidan so‘ng chiqargan qarorlaridan biri aholini tadbirkorlikka rag‘batlantirish va tadbirkorlar haqlari¸ xususiy mulkni himoya qilish maqsadida ularga kredit berish shartlarini soddalashtirish haqida bo‘ldi. Buning ortidan joriy yil boshida bank xodimlari uyma-uy yurib¸ odamlarni parrandachilik¸ limonchilik va chorvachilik uchun 9 foizlik imtiyozli kredit olishga da’vat qilgan edi.

Ammo, bu jarayon boshlanganidan ko‘p o‘tmay¸ tijorat banklari o‘z resurslarining tugab qolgani sababi bilan kredit berishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG