Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:20

Sobiq deputat Murod Jo‘raevga “OVIR vizasi”ni 15 yil kutishi aytildi


Murod Jo‘raev 2015 yil noyabrida kutilmaganda qamoqdan ozod etilgan edi.

2015 yil 12 noyabr kuni 22 yillik qamoqdan ozod qilingan O‘zbekiston demokratik harakati faoli¸ sobiq deputat va Muborak shahar sobiq hokimi Murod Jo‘raev murakkab operatsiya uchun Germaniyaga borishga muhtoj. Ammo, u ichki ishlar va MXX uning chiqish vizasi olish imkonini turli yo‘llar bilan to‘sib kelayotganini aytmoqda.

Murod Jo‘raev - O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillarida mamlakatda demokratik boshqaruvni shakllantirish uchun kurashib¸ umrining 22 yilini qamoqda o‘tkazishga mahkum etilgan sobiq deputatdir.

O‘zbekiston qamog‘ida eng uzoq o‘tirgan siyosiy mahkumlardan biri sanalgan Murod Jo‘raevning qamoqdan sog‘lig‘i abgor ahvolda uyiga qaytganiga bir yarim yilcha bo‘lib qoldi.

Qamoqdan chiqqanidan keyingi bir yil davomida har bosgan qadami uchun mahalliy militsiya bo‘limiga hisob berib turishga majbur bo‘lgan sobiq deputat¸ bir yildan so‘ng o‘z harakat erkinligining tiklanishiga umid qilgan edi¸ ammo bu umidlar hozircha o‘zini oqlamagan.

Sobiq deputatning rafiqasi Xolbeka Jo‘raevga ko‘ra¸ Murod Jo‘raevga murakkab jarrohlik amaliyoti kerakligini aytgan Toshkentdagi neyroxirurglar¸ unga Hindiston yoki Yevropa davlatlaridan biriga borishni tavsiya etgan.

Ammo, Xolbeka Jo‘raevning aytishicha¸ O‘zbekistondan chiqish vizasini olish¸ Murod Jo‘raev misolida¸ amalga oshirib bo‘lmas ishga aylangan:

- Qamoqdan chiqqanlaridan keyin¸ bir yil davomida nazoratda bo‘ldilar va hatto, kasalxonaga borsak ham¸ militsiya xodimlaridan ruxsat olib¸ qaysi kasalxonaga¸ nima sabab bilan borayotganlari haqida otchyot berdik. Toshkentga ham bormadilar. Bir yildan keyin nadzor tugadi. Keyin sog‘liqlarini tiklash uchun yordam so‘rab, elchixonalarga murojaat qildik. Germaniya elchisi u kishini uyga kelib ko‘rib ketuvdi. Elchi Germaniyada operatsiya qildirishga yordam beramiz¸ faqat OVIR vizasini oling¸ dedi. Biz 24 aprel kuni Qashqadarë viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga hamma hujjatlarni topshirdik. Bir oycha o‘tib¸ suddan ajrim olib keling¸ deb telefon qilishdi. Toshkentga borib¸ sud ajrimini olib keldim. Undan keyin¸ Muborak profilaktika bo‘limidan ro‘yxatda turish-turmasligi haqida spravka olib keling¸ deyishdi. Bu erda esa¸ 22 yil qamoqda o‘tirgan Jo‘raevning yana kamida 15 yil militsiya nazoratida qolishi va shu bois¸ unga OVIR vizasi uchun spravka berilmasligini aytishdi¸ - deydi sobiq deputat¸ Muborak shahrining sobiq hokimi Murod Jo‘raev rafiqasi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:36 0:00
Бевосита линк

Murod Jo‘raevga xorij chiqish ruxsatnomasini olish uchun yana 15 yil kutish lozimligi haqidagi bayonotning qaysi qonun yoki qarorlarga asoslanganini rasmiy tizimlardan o‘rganishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda rasman ro‘yxatga olingan “Ezgulik” inson haqlari tashkiloti faoli Abdurahmon Tashanov sobiq mahkumlar¸ xususan¸ siyosiy mahkumlarning xorijga chiqishga ruxsat bermaslik haqida ichki ishlar va xavfsizlik tizimlarida nizom bo‘lgan taqdirda ham¸ uni konstitutsiya va qonunlarga zid ekanini aytadi:

- O‘zbekiston konstitutsiyasi va qonunlariga ko‘ra¸ ozodlikdan mahrum etilmagan shaxs barcha huquqlarga egadir. Bu haqlar esa¸ jazo muddatini o‘tab bo‘lgan odam¸ xususan¸ siyosiy mahkumlarga ham birdek tegishli bo‘lishi kerak. Ammo¸ hozircha O‘zbekistonda siyosiy islohotlar bo‘lgani yo‘q¸ na siyosiy muxolifat va na fuqarolik jamiyatiga nisbatan munosabat o‘zgargani yo‘q. Hamma narsa eski siyosat inersiyasida davom etayapti. Murod Jo‘raevga munosabat ana shu inersiyaning bir ko‘rinishi¸ xolos¸ - deydi huquq faoli.

Ozodlik bilan suhbatda Xolbeka Jo‘raeva¸ Islom Karimov buyrug‘i bilan qariyb 22 yil qamoqda ushlangan eri¸ garchi Karimov o‘limidan oldin ozodlikka chiqarilgan bo‘lsa-da¸ Mirziyoev davrida ham nafaqat Murod Jo‘raev¸ balki uning farzandlariga nisbatan bosimning ham o‘zgarishsiz davom etayotganini aytadi va buning uchun MXX ni ayblaydi.

Karimov davrining eng tanilgan siyosiy mahkumlari – yozuvchi Mamadali Mahmudov¸ sobiq deputatlar Murod Jo‘raev va Samandar Qo‘qonovlar ozodlikka chiqarilganiga qaramay¸ ularning harakat erkinligi cheklanganicha qolmoqda.

Mamadali Mahmudov va Muhammad Bekjonning xorijga chiqish vizasi berilishi uchun barcha instantsiyaga qilgan murojaatlari¸ Murod Jo‘raevniki kabi¸ natijasiz qolmoqda.

Bu uchala taniqli siyosiy mahkum¸ Shavkat Mirziyoev boshlagan ayrim o‘zgarishlarni olqishlagan holda¸ umrining eng sermahsul yillarini qamoqda o‘tkazishga hukm etilgan Karimov muxoliflariga nisbatan munosabat o‘zgarishiga umid bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG