Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:27

Ukraina qochqinlik maqomi bergan Karimovning qayinjiyani O‘zbekistonga topshirilmasligi mumkin


Ukraina Migratsiya xizmati marhum prezident Islom Karimovning qayinjiyani Akbarali Abdullaevga qochqin maqomi berdi va shu bilan uning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinish ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqardi. O‘zbekiston prokuraturasi tomonidan og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan Abdullaev Kiev aeroportida qo‘lga olinishi ortidan Toshkent uning o‘ziga topshirilishini so‘ragan edi.

Kiev shahar prokuraturasi matbuot kotibi Nadejda Maksimets 14 iyun kuni Akbarali Abdullaevga Ukrainadan boshpana berilishi ortidan¸ uning ekstraditsion hibsdan ozod etilganini bildirdi:

- Biz bu qaror asosida, Ukraina qonunchiligida ko‘zda tutilgani kabi, qochqin maqomini olgan odamga nisbatan ekstraditsiya hibsini bekor qildik. Endi uning ekstraditsiyasini so‘rayotgan tomonga rad javobi berilishi mumkin, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Maksimets.

Ayni paytda Maksimetsning ta’kidlashicha¸ Abdullaevni Toshkentga berish-bermaslik haqidagi so‘nggi qarorni Ukraina Bosh prokuraturasi qabul qiladi.

O‘zbekiston fuqarosi Akbarali Abdullaev shu yilning 14 yanvar kuni Kievda Kievning “Julyani” aeroportida hibsga olingan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Abdullaevni moliyaviy jinoyatlarda ayblab xalqaro qidiruvga bergan va Kievdan uning o‘ziga topshirilishini so‘ragan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Abdullaevni davlat mulkini o‘zlashtirish, chet el valyutasini yashirish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash va jinoiy faoliyatdan olingan yuzlab million dollarni yuvishda ayblamoqda.

Ekstraditsion hibsga olingan Akbarali Abdullaev mart oyida Ukraina hukumatidan o‘ziga siyosiy boshpana berilishini so‘rab ariza topshirgan va 14 iyun kuni Ukraina Migratsiya xizmati uning arizasini qondirgan.

Ukraina Migratsiya xizmati matbuot kotibi Sergey Gunko Ozodlik bilan suhbatda Akbarali Abdullavga qanday qilib bunday qisqa vaqt ichida qochqinlik maqomi berilganini izohlamadi:

- Men Ukraina qonunchiligi doirasida bu haqda izoh berolmayman, - dedi Gunko.

Akbarali Abdullaev mart oyida suddagi chiqishida O‘zbekistonga topshirilgani taqdirda qiynab o‘ldirilishi mumkinligini iddao qilgan edi.

Акбар Абдуллаев: Агар Ўзбекистонга борсам, мени қийнаб ўлдиришади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:50 0:00

Yevropa parlamenti a’zosi bo‘lgan Ukraina esa gumonlanuvchini Yevropa inson huquqlari konvensiyasining 3-moddasiga binoan, qiynoq va noinsoniy yo kamsitiluvchi munosabat tahdidi bo‘lgan mamlakatga topshirmaslik majburiyatini olgan.

BMTning qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalari va tergov izolyatorlarida qiynoqlar muntazam qo‘llaniladi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Abdullaev 2013 yilning 10 oktabrida og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, shaxsan Islom Karimovning buyrug‘i bilan hibsga olingan va 2014 yil noyabrida dastlab 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, so‘ngra jazo muddati 6 yilu 6 oy etib belgilangan edi.

Ozodlik o‘z surishtiruvi jarayonida Abdullaev qamalishidan ikki yarim yil o‘tib shartli ozod etilgani, biroq, prezident Islom Karimov 2 sentabrda vafot etishidan ko‘p o‘tmay, qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan chiqib ketganini aniqlagan edi.

XS
SM
MD
LG